O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi film. Bolakay Abdullalar uyiga kelgan ziyolinamo mehmon Abdulhamid Cho‘lponning “Ko‘ngil” she’rini daftar yoki kitobga qarab ohang tortib ifodali o‘qishi aks etgan kadr samimiy oqimda oqayotgan taassurotga soya sola boshlaydi. Ko‘rinib turibdiki, Abdullajon hali 10 yoshga to‘lmagan. Chamalashimizcha, voqealar 1950-yilga to‘g‘ri kelyapti. Stalin o‘limiga yana uch yil bor. Mustabid vafot etganida qahramonimiz endi o‘spirinlik ostonasida edi. Cho‘lpon ijodiy merosi esa 1956-yilga kelib oqlanadi. Biroq shunda ham haliveri yuzaga chiqmaydi.
"Evrilish" filmi Afgʻoniston urushi haqida boʻlib, unda Gʻarb qarashlari boʻyicha yoritilgan xalqaro voqeliklar boshqa rakursda koʻrsatib berilgan. Asar qahramoni Rustam — Afgʻoniston urushiga chaqirilgan oʻzbekistonlik sovet askari. Rejissyor tarixiy voqea va shaxs taqdiri oʻrtasidagi munosabatga alohida eʼtibor beradi. Shuningdek, filmda Sovet Ittifoqining parchalanish tarixi, ulkan boylik orttirgan Rustam va uning tanishlari hayotidagi oʻzgarishlar hikoya qilinadi. Unda qahramon taqdiri, ruhiy kechinmalari, uning sovet davrida harbiylar safida xizmat qilgani va urushda ishtirok etgani haqida batavsil yoritiladi. Urush uning va atrofidagi insonlarning hayotini butunlay oʻzgartirib yuboradi. Koʻp yillar oʻtib, hayot mashaqqatlarni boshidan kechirgan qahramon tinchlik oʻrnatilgandan soʻng Oʻzbekistonga — oʻz vataniga qaytadi.
Komediyali drama janridagi mazkur kartinada to‘rt o‘smir do‘stlar taqdiri, orzu-umidlari va qiyinchiliklari haqida hikoya qilinadi. Filmda Xurshid koʻzga koʻringan jarroh, Hamdam taniqli ssenarist, Javohir sport murabbiyi boʻlib yetishadi. Baxtiyor esa otasining izidan borib, biznes bilan shugʻullanadi.