Kontentni to'liq korish huquqiga ega bo'lish uchun ro'yxatdan o'ting

banner
logo

Abdulla Oripov

O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi film. Bolakay Abdullalar uyiga kelgan ziyolinamo mehmon Abdulhamid Cho‘lponning “Ko‘ngil” she’rini daftar yoki kitobga qarab ohang tortib ifodali o‘qishi aks etgan kadr samimiy oqimda oqayotgan taassurotga soya sola boshlaydi. Ko‘rinib turibdiki, Abdullajon hali 10 yoshga to‘lmagan. Chamalashimizcha, voqealar 1950-yilga to‘g‘ri kelyapti. Stalin o‘limiga yana uch yil bor. Mustabid vafot etganida qahramonimiz endi o‘spirinlik ostonasida edi. Cho‘lpon ijodiy merosi esa 1956-yilga kelib oqlanadi. Biroq shunda ham haliveri yuzaga chiqmaydi.

banner
logo

Serialda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar jinoyat qidiruv tezkor vakillarining hayoti aks etadi.

banner
logo

Evrilish

"Evrilish" filmi Afgʻoniston urushi haqida boʻlib, unda Gʻarb qarashlari boʻyicha yoritilgan xalqaro voqeliklar boshqa rakursda koʻrsatib berilgan. Asar qahramoni Rustam — Afgʻoniston urushiga chaqirilgan oʻzbekistonlik sovet askari. Rejissyor tarixiy voqea va shaxs taqdiri oʻrtasidagi munosabatga alohida eʼtibor beradi. Shuningdek, filmda Sovet Ittifoqining parchalanish tarixi, ulkan boylik orttirgan Rustam va uning tanishlari hayotidagi oʻzgarishlar hikoya qilinadi. Unda qahramon taqdiri, ruhiy kechinmalari, uning sovet davrida harbiylar safida xizmat qilgani va urushda ishtirok etgani haqida batavsil yoritiladi. Urush uning va atrofidagi insonlarning hayotini butunlay oʻzgartirib yuboradi. Koʻp yillar oʻtib, hayot mashaqqatlarni boshidan kechirgan qahramon tinchlik oʻrnatilgandan soʻng Oʻzbekistonga — oʻz vataniga qaytadi.

banner
logo

Osmondagi bolalar 3

Komediyali drama janridagi mazkur kartinada to‘rt o‘smir do‘stlar taqdiri, orzu-umidlari va qiyinchiliklari haqida hikoya qilinadi. Filmda Xurshid koʻzga koʻringan jarroh, Hamdam taniqli ssenarist, Javohir sport murabbiyi boʻlib yetishadi. Baxtiyor esa otasining izidan borib, biznes bilan shugʻullanadi.

banner
logo

Talvasa

"Talvasa" filmida Muzaffar ismli qahramonning hayotidagi ziddiyatlarga to‘la vaziyatlar hikoya qilinadi. Film voqealarida bugungi kunning dolzarb muammolardan biri korrupsiya va unga qarshi kurashish aks ettirilgan.

Filmlar
Seriallar
Multfilmlar
Oltin fond filmlari
Animatsion filmlar oltin fondi
Eng yaxshi harbiy janrdagi filmlar
Eng yaxshi komediya janrdagi filmlar
Eng yaxshi biografik filmlar
"Xalq yuragi" hujjatli filmlar turkumi
"Matonat maktabi" hujjatli filmlar turkumi
"Unutilmas qahramonlar" hujjatli filmlar turkumi