Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘ZBEKISTON KINO ARBOBLARI BIRLASHMASI HAQIDA
MA’LUMOT

O‘zbekiston Kinoarboblar birlashmasi milliy kinematografiyani rivojlantirish yo‘lida faol ishtirok etayotgan kino san’ati arboblarini birlashtiruvchi jamoat tashkilotidir.

Birlashmaning o‘tmishdoshi bo‘lgan O‘zbekiston kinematografchilar uyushmasi 1958 yil 14 avgustda O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining qarori bilan tashkil qilingan edi.

1996 yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan “O‘zbekkino” Davlat aksionerlik kompaniyasi qoshida O‘zbekiston Kinoarboblar birlashmasi o‘z faoliyatini boshladi.

2004 yilning 16 martida “Kinematografiya sohasida boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.

2004 yilning 17 martida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “O‘zbekkino” Davlat aksionerlik kompaniyasi “O‘zbekkino” Milliy agentligi sifatida qayta tashkil qilindi. O‘shandan beri O‘zbekiston Kinoarboblar birlashmasi “O‘zbekkino” Milliy agentligi qoshida faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Kinoarboblar birlashmasining maqsad va vazifalari milliy kino san’atida yuksak saviyali kinoasarlar yaratishga ko‘maklashish, o‘zbek kino san’ati rivojiga hissa qo‘shayotgan kinoijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yaratilayotgan filmlarning mavzu rejasi muhokamasida ishtirok etish, shuningdek, film ijodkorlarining ijodiy kechalari, hisobot konferensiyalari, turli matbuot anjumanlari uyushtirish kabilardan iborat.

O‘zbekiston Kinoarboblar birlashmasining kinorejissyor, ssenarist, kinooperator, aktyor, rassom, bastakor kabi kasb egalaridan iborat 267 nafar a’zosi bor.

Boshqaruv kengashi O‘zbekiston Kinoarboblar birlashmasining qurultoyda saylanadigan ish organi hisoblanadi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori v.v.b. Ahmadjon Abdulaaxatovich Umarov bir vaqtning o‘zida birlashmaning ham raisi hisoblanadi.

O‘zbekiston Kinoarboblar birlashmasi raisining o‘rinbosari lavozimi — vakant.

O‘zbekiston Kinoarboblar birlashmasining shtat jadvali quyidagicha:

§ O‘zbekiston Kinoarboblar birlashmasi raisi;

§ O‘zbekiston Kinoarboblar birlashmasi rais o‘rinbosari;

§ Tashkilotchi rejissyor;

§ Tashkilotchi rejissyor;

§ Referent-kotib.

Ushbu shtatdagi xodimlarning barchasi “O‘zbekkino” Milliy agentligining byudjetdan tashqari ishlab topgan mablag‘lari hisobidan maosh oladi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech