Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Bo‘lim boshlig‘i:
Muhamedov Bahodir

Aloqali ma'lumotlar:

Tel.: +998 71 267-23-91
Email: b.muhamedov@uzbekkino.uz

Bo‘limning asosiy vazifalari:

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish yo‘nalishida:

• agentlikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqish;

• agentlik faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash va agentlik markaziy apparati, hududiy bo‘limlari, soha tashkilotlari hodimlarining avtomatlashtirilgan tizimlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari va loyihalarini ishlab chiqish;

• agentlikning aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlarini shakllantirish;

• agentlik tizimidagi tashkilotlarni Internet, lokal va korporativ tarmoqlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari va rejalarini ishlab chiqish;

• agentlik tizimidagi tashkilotlarni zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

• agentlikning barcha bo‘limlari, hududiy bo‘limlari va soha korxona-tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va rivojlantirish jarayonlarini me’yoriy-huquqiy, texnik va axborot-tahlil ma’lumotlar bilan ta’minlash.

• agentlikning veb-resurslari, axborot resurslari va axborot tizimlarini himoya qilish bo‘yicha samarali faoliyatni ta’minlash;

• axborot xavfsizligini ta’minlash;

• kino industriyasini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilish.

Moddiy-texnika bazasini rivojlantirish yo‘nalishida:

• agentlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zarur vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

• agentlik hududiy bo‘limlari va tizimidagi barcha korxona-tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda texnika bilan jixozlash bo‘yicha joriy va istiqbolli rejalar tuzish, ularning metodlarini aniqlash, moddiy-texnika resurslarini tejamkorlik bilan ishlatish bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilish;

• standartlar, texnik talablar, moddiy-texnikaning sifatlarini aniqlash, tizim standartlarini ishlab chiqish.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech