Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Bo'lim boshlig'i
Abduvaliyeva Lola Nafarovna

Aloqali ma'lumotlar:

Tel.: +998 71 267-18-59
kadr@uzbekkino.uz

Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassisning vazifalari:

Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis kadrlarga taalluqli bo‘lgan masalalarni, kadrlarni ishga qabul qilish, ular bilan mehnat shartnomalari tuzish, boshqa ishga o‘tkazish, ishdan chetlashtirish, ishga tiklash, shartnomalarni bekor qilish, ishdan bo‘shatish, mehnat ta’tillari berish, mehnat shartnomalariga kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi buyruq loyihalarini tayyorlaydi, xodimlarning vaqtincha ishga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtiradi.

Ishga kirayotgan va faoliyat yuritayotgan xodimlarning hujjatlari va shaxsiy yig‘majildlarini jamlaydi, mehnat daftarchalarini to‘ldirish, rasmiylashtirishda amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga rioya etgan holda ish olib boradi.

Xodimlarning ishga kelib-ketishini nazorat qiladi va davomatini yuritadi. Xodimlarning ishga kelib-ketish ahvoli yuzasidan rahbariyatni xabardor qiladi.

Xodimlarning navbatdagi mehnat ta’tilidan foydalanish grafigini tuzadi va rahbariyatga tasdiqlatadi.

Kasaba uyushmasi bilan birgalikda nafaqaga chiquvchi xodimlarning hujjatlarini rasmiylashtirishda yordam ko‘rsatadi, ijtimoiy-ta’minot organlariga taqdim etadi.

Kinematografiya sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari bilan doimiy hamkorlik o‘rnatadi, kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash bo‘yicha ish rejalari, chora-tadbirlar ishlab chiqadi va tizim xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish o‘qishlari va seminarlar tashkil etishda qatnashadi, kadrlar siyosatini yuritish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqadi.

Mutaxassisligi va kvalifikatsiya talablari darajasida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, yosh kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Agentlikning boshqarma va bo‘limlari, tizimdagi korxona-tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga salohiyatli va iqtidorli yoshlardan iborat kadrlar zaxirasini tayyorlab boradi.

Tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan faol xodimlarni faxriy yorliqlar, diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash yuzasidan Agentlik rahbariyatiga takliflar kiritadi.

Agentlik va uning tasarrufidagi korxona-tashkilotlardan davlat mukofotlariga tavsiya etiladigan xodimlarning tegishli hujjatlarini tayyorlaydi.

Xodimlarning mehnat stajlarining hisobini yuritadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech