Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Boshqarma boshlig'i:
Davlatov Olim Davlatovich

Aloqali ma'lumotlar:

Tel.: +998 71 245-92-76
Email: litsenziya@uzbekkino.uz

Bo‘limning asosiy vazifalari:

1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlarini, shuningdek, kinematografiya sohasiga oid qonunchilik va meyoriy hujjatlarni, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.03.2004 yildagi “Kinematografiya sohasida boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-3407-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.03.2004 yildagi «“O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 126-sonli va 2012 yil 15 martdagi «O‘zbekiston Respublikasining “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011 yil 26 dekabrdagi O‘RQ-312-son qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 72-sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash;

2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomil-lashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4609-son Farmoni, 2014 yil 15 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2164-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 maydagi yig‘ilishining 82-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash;

3) kino san’atining milliy madaniyatni rivojlantirishdagi o‘rni, kinematografiya sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

4) kinematografiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, korxona va kinostudiyalarni, ijodiy jamoalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

5) mualliflik huquqlari himoyalangan kino mahsulotlarini respublika hududiga noqonuniy ravishda olib kirishga, ulardan foydalanish, ijaraga berish va tarqatishga qarshi zarur choralar ko‘rish;

6) import va eksport qilinadigan kino mahsulotlariga ekspert bahosi berilishini amalga oshirish;

7) kinematografiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy kino mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish, xorijiy kino ishlab chiqaruvchi tashkilot va kinoijodkorlar bilan aloqalarni kengaytirish, milliy kino san’atini xalqaro kinofestivallarda namoyish etish.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech