Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Boshqarma boshlig‘i:
Norov Baxtiyor Shodmonovich

Aloqali ma'lumotlar:

Tel.: +998 71 277-81-71
Email: tahlil@uzbekkino.uz

Bo‘limning asosiy vazifalari:

1) Agentlik tizimidagi korxona-tashkilotlar va hududiy bo‘limlar ish faoliyatini nazorat qilish, ish jarayonini muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, ularga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;

2) respublika xududida o‘zbek kino kunlarini o‘tkazish, yangi filmlar taqdimotlarini, retrospektiv namoyishlarini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish;

3) mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, kino faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va hususiy tadbirkorlar uchun teng sharoit yaratilishida hamda ularning manfaatlarini himoya qilishda zarur metodik va amaliy yordam ko‘rsatish;

4) manfaatdor vazirlik va idoralar, jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatish, o‘tkaziladigan tadbirlarda milliy filmlarning keng namoyishlarini tashkillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

5) Agentlik buyurtmasiga asosan suratga olingan badiiy, ilmiy-ommabop va hujjatli hamda multiplikatsion filmlarni keng ommaga yetkazish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash hamda takliflar ishlab chiqish;

6) kinematografiya sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi hamda ularning ishlarini muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

7) kino xizmatlari saviyasi darajasini o‘rganish, uni yaxshilash uchun chora- tadbirlarni belgilash;

8) tizimidagi korxona va tashkilotlar ishchi xodimlar malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqishda amaliy yordam ko‘rsatish;

9) tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan faol xodimlarni faxriy yorliqlar, diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash yuzasidan Agentlik rahbariyatiga takliflar kiritish;

10) Agentlik rahbariyati tomonidan belgilanadigan kinematografiya sohasidagi axborot siyosatini shakillantirish va amalga oshirishda qatnashish;

11) Agentlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarining milliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishini ta’minlash;

12) milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida Agentlik faoliyatining dolzarb jihatlarini, kinematografiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritish;

13) Agentlikka nisbatan ijtimoiy fikrining ahvolini hamda mahalliy, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari munosabatini tahlil qilish va ular to‘g‘risida Agentlik rahbariyati, tegishli tashkilot, mutaxasis xodimlarini xabardor qilish.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech