Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


"O'ZBEKKINO" MILLIY AGENTLIGINING 
TASHKILIY TUZILMASI

tuzilma.jpg

“O'ZBEKKINO” MILLIY AGENTLIGI NIZOMI


 1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom “O'zbekkino” Milliy agentligining (keyingi o'rinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funktsiyalari, huquqlari va javobgarligi, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi hamda Agentlik rahbarlarining funktsional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
  2. Agentlik kinematografiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
  3. Agentlik O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o'rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) bo'ysunadi.
  4. Agentlik o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kinematografiya sohasida boshqarishni takomillashtirish to'g'risida” 2004 yil 16 martdagi PF-3407-son Farmoniga hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2017 yil 7 avgustdagi PQ-3176-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
  5. Agentlik o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
  6. Agentlikning o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
  7. Agentlik, “Qoraqalpoqkino” agentligi, Agentlikning viloyatlar va Toshkent shahar bo'limlari (keyingi o'rinlarda hududiy bo'linmalar deb ataladi) yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G'aznachiligida shaxsiy g'azna hisob varaqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, qonun hujjatlariga muvofiq banklarda milliy va xorijiy valyutada hisob raqamlariga ega bo'ladi.
  8. Agentlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

to'liq nomi - “O'zbekkino” Milliy agentligi, qisqartirilgan nomi-“O'zbekkino” MA;

b) rus tilida:

to'liq nomi - Natsionalnoe agentstvo “Uzbekkino”, qisqartirilgan nomi - NA “Uzbekkino”;

v) ingliz tilida: to'liq nomi — National Cinema Agency “Uzbekkino”, qisqartirilgan nomi - NCA "Uzbekkino”.


2-bob. Agentlikning tarkibiy tuzilmasi

 9. Agentlik tizimiga: 

  • ·         Agentlik markaziy apparati;
  • ·         “Qoraqalpoqkino” agentligi, Agentlikning viloyatlar va Toshkent shahar bo'limlari;
  • ·         “O'zbekfilm” aktsiyadorlik jamiyati;
  • ·         “Qoraqalpoqfilm” davlat unitar korxonasi;
  • ·         “Hujjatli filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi;
  • ·         “Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi” davlat unitar korxonasi;
  • ·         “Multiplikatsion filmlar studiyasi” davlat unitar korxonasi;
  • ·         “Respublika kinofondi” davlat unitar korxonasi;
  • ·         "Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi” davlat unitar korxonasi;
  • ·         "Kinematografchilar uyi” davlat unitar korxonasi;
  • ·         “Do'rmon kinoijodkorlar uyi” davlat unitar korxonasi;
  • ·         O'zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi;
  • ·         O'zbekiston kinosan'ati muzeyi kiradi.

 

3-bob. Agentlikning vazifalari va funktsiyalari

1-§. Agentlikning vazifalari va funktsiyalari

 

10. Quyidagilar Agentlikning vazifalari hisoblanadi:

  • kino san'atining milliy madaniyatni rivojlantirish, jamiyat ma'naviy hayotini yuksaltirishdagi o'rni va ahamiyatini hisobga olgan holda bu sohani umumbashariy va milliy kadriyatlar uyg'unligi asosida taraqqiy ettirishning ustuvor yo'nalishlarini ishlab chiqish;
  • kino san'atida, kino-videofaoliyat sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
  • kinematografiya sohasida faoliyat ko'rsatayotgan tashkilotlar, kinostudiyalar va ijodiy jamoalarni qo'llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; milliy kino san'atining eng yaxshi an'analarini izchil davom ettirish va boyitish maqsadida iqtidorli yosh kinematografchilarni tarbiyalash, ularning ijodiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga ko'maklashish;
  • “Respublika kinofondi” davlat unitar korxonasi faoliyatini bugungi kun talablari negizida tashkil etish;
  • kinofilmlar yaratish va ularni namoyish etish tizimini tanlovlar tashkil qilish orqali takomillashtirish va qayta texnik jihozlaщ, aholiga kino-videoxizmat ko'rsatish darajasini oshirish;
  • mualliflik huquqlari himoyalangan kino va video mahsulotlarini noqonuniy ravishda respublika hududiga olib kirishga, ulardan foydalanish, ijaraga berish va tarqatishga qarshi zarur choralar ko'rish;
  • import va eksport qilinadigan kino va video mahsulotlariga ekspert bahosi berilishini amalga oshirish, respublika hududida kino va videofilmlar ko'rsatish va ulardan texnik jihatdan foydalanish qoidalarini belgilash;
  • kinematografiya sohasida halqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy kino mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish, xorijiy kino ishlab chiqaruvchi tashkilot va kinoijodkorlar bilan aloqalarni kengaytirish, milliy kino san'atini halkaro kinofestivallarda namoyish etish.


11. Agentlik o'ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

1)      kino san'atida, kino-videofaoliyat sohasida davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

  • kino sohasiga oid qonun hujjatlarining ijrosini ta'minlaydi hamda bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
  • kino sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; filmlarni ishlab chiqarish, dublyaj qilish, ularning namoyishi va prokatini tashkil etish, ko'paytirish va sotishga oid yagona texnik-iqtisodiy siyosatni yuritadi;
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining litsenziyalash sohasidagi ishchi organi vazifasini bajaradi;
  • O'zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasining tavsiyasiga ko'ra mehnat faoliyatida o'zining fidokorona va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon qilgan kino sohasi xodimlarini davlat mukofotlariga belgilangan tartibda tavsiya etadi;
  • milliy kino san'atining yuqori sifatga ega bo'lishi va halqaro maydonga chiqishi uchun kino sohasiga oid jamoatchilik vakillari, kinoarboblari, yozuvchilar, rassomlar, bastakorlar, muhandis-texnik xodimlar, sportchilar va boshqa kasb vakillarining sa'y-harakatlarini birlashtiradi;
  • o'z vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida mahalliy va xorijiy ilmiy tashkilotlarni, ularning mutaxassislari va olimlarini jalb etadi;
  • kino sohasidagi milliy amaliyotga halqaro va davlatlararo me'yorlarni joriy qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
  • respublika hududida filmlar namoyish qilish, aholiga sifatli kino xizmati ko'rsatish va kinoqurilmalardan texnik jihatdan foydalanish qoidalarini ishlab chiqadi, xususiy prokat tarmog'ini rivojlantirishga ko'maklashadi;

 2)      kino san'atining milliy madaniyatini rivojlantirish, jamiyat ma'naviy hayotini yuksaltirishdagi o'rni va ahamiyatini hisobga olgan holda bu sohani umumbashariy va milliy qadriyatlar uyg'unligi asosida taraqqiy ettirishning ustuvor yo'nalishlarini ishlab chiqish sohasida:

  •  yurtdoshlarimizning mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ilmiy va ijtimoiy islohotlardagi ishtirokini aks ettiradigan va dahldorlik tuyg'usini shakllantiradigan turli janr va mavzularda filmlar yaratish ishlarini tashkil qiladi; filmlarning badiiy - g'oyaviy saviyasini yuksaltirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ushbu jarayonga malakali ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb etadi;
  • kinosan'atining halqimiz, ayniqsa, yoshlar tarbiyasi va dunyoqarashini shakllantirishda tutgan muhim o'rnini inobatga olib, bugungi yoshlar hayoti, ularning orzu-intilishlari, uy-havaslarini ifodalovchi, tinchlik, osoyishtalik, bunyodkorlik, bag'rikenglik, mehr-oqibat, muhabbat kabi mavzulardagi filmlar ishlab chiqarilishini tashkil etadi;
  • o'sib kelayotgan yosh avlodda ijodiy dunyoqarashni tarbiyalash va shakllantirish maqsadida bolalar auditoriyasi uchun mo'ljallangan turli yo'nalishdagi filmlar va kinojurnallarni tayyorlash ishlarini tashdil etadi; filmlarni yoshlar orasida keng targ'ib va tashviq qilish chora-tadbirlarini belgilaydi va amalga oshiradi;

 3)      kinematografiya sohasida faoliyat ko'rsatayotgan tashkilotlar, kinostudiyalar va ijodiy jamoalarni qo'llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish sohasida:

  •  xususiy kinostudiyalarga zarur metodik va amaliy yordam ko'rsatadi, ular tomonidan yaratilayotgan filmlarning texnik sifatini oshirishga ko'maklashadi;
  • filmlar ishlab chiqarish va ularni namoyish etish tizimini takomillashtirish choralarini ko'radi, bunda ijodiy jamoalar, kinoijodkorlar va kinostudiyalar o'rtasida film yaratish bo'yicha kinoloyihalar tanlovini e'lon qiladi, kinostudiyalar loyihalarini o'rganib, ularning eng yaxshisi asosida filmlarni ishlab chiqarishga tushiradi;
  • xususiy kinostudiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan filmlarning badiiy-g'oyaviy saviyasini oshirish bo'yicha zarur tavsiya va ko'rsatmalar beradi;
  •  milliy filmlarni jahon Internet axborot tarmog'i orqali keng targ'ib qiladi, onlayn namoyishlarini tashkil etadi va ushbu masalada tadbirkorlik sub'ektlariga ko'maklashadi; 

4)      milliy kino san'atining eng yaxshi an'analarini izchil davom ettirshi va boyitish maqsadida iqtidorli yosh kinematografchilarni tarbiyalash, ularning ijodiy imkoniyatlarini ruyobga chiqarishga ko'maklashish sohasida:

  • Agentlik huzurida atoqli kinoijodkorlarni jalb qilgan holda kinematografiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash maqsadida malaka oshirish kurslari va “Mahorat maktablari”ni tashkil etadi;
  • kino sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan ta'lim muassasalari bilan doimiy hamkorlik o'rnatadi, ularning o'quv rejalari, dasturlari va o'qitish jarayonini takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritadi, tizim xodimlari uchun malaka oshirish o'qishlari, oliy kurslar va seminarlar tashkil etadi; soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;
  • iqtidorli yosh kinoijodkorlarning ijodiy imkoniyatlarini ruyobga chiqarishga doir turli ko'rik-tanlovlar o'tkazadi; kino sohasida iqtidorli yoshlar vakillarini tanlov asosida xorijiy davlatlarga o'qishga yuboradi;

 5)      “Respublika kinofondi” davlat unitar korxonasi faoliyatini bugungi kun talablari negizida tashkil etish sohasida:

  • yaratilgan filmlarning raqamli formatda, maxsus disklarda va boshqa turdagi manbalarga nusxasini ko'chirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalarini hal qiladi;
  • o'zbek kinosi durdonalarini eng zamonaviy texnik uskunalar asosida xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda restavratsiya qilish, raqamli formatga o'tkazish ishlarini amalga oshiradi;
  • chet davlatlardagi milliy kino maxsulotlarimizni mamlakatimizga keltirish va saqlash ishlarini amalga oshiradi;
 6)      kinofil'mlar yaratish va ularni namoyish etish tizimini tanlovlar tashkil etish orqali takomillashtirish va qayta texnik jihozlash, aholiga kino-videoxizmat ko'rsatish darajasini oshirish sohasida:
  • Davlat-buyurtmasiga binoan kinomahsulotlarni yaratish bo'yicha ochiq tanlovlar tashkil etadi;
  • Respublikada kinoprokat tizimini rivojlantirishga ko'maklashadi;
  • kino ob'ektlarining bino va inshootlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, modernizatsiyalash va sohani texnik jihozlash dasturini ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishda ishtirok etadi;
  • filmlarni yaratish, namoyish qilish, shuningdek, Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yangilash uchun ajratilgan mablag'larning maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qiladi;
  • binolarga xizmat ko'rsatish ishlarini bajarishga, jihozlar va xo'jalik anjomlari, avtotransport, aloqa vositasi, kompyuter jihozlarini saqlash va ulardan foydalanish, tashkiliy texnika, dasturiy ta'minotlarni harid qilish yuzasidan belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi;

 7)      mualliflik huquqlari himoyalangan kino va video maxsulotlarini noqonuniy ravishda respublika hududiga olib kirishga, ulardan foydalanish, ijaraga berish va tarqatishga qarshi zarur choralar ko'rish sohasida:

  • respublikamiz hududiga olib kiriladigan kino va video mahsulotlarni ekspert ko'rikdan o'tkazadi; chet davlatlardan kirib kelgan mahsulotlarni ommaviy namoyish qilish uchun ruxsatnomalar beradi;
  • kinomahsulotlarni noqonuniy tarqalishining oldini olish maqsadida tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda turli tadbirlar o'tkazadi;

 8)      import va eksport qilinadigan kino va video mahsulotlariga ekspert bahosi berilishini amalga oshirish, respublika hududida kino va videofilmlar ko'rsatish va ulardan texnik jihatdan foydalanishning qoidalarini belgilash sohasida:

  • kino san'atinining metodik qo'llanmalarini ishlab chiqadi; import va eksport qilinadigan kino va video mahsulotlarni ekspert baholash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantiradi;
  • taniqli kinoijodkorlarni jalb qilgan holda “Mahorat maktablari”, turli seminarlar, treninglar tashkil qiladi;
  •  yosh iqtidorli kinoijodkorlarning xorijiy etuk kinokompaniyalarda malaka oshirishini tashkil qiladi;
  • yosh iqtidorli kinoijodkorlarni tanlov asosida xorijiy ta'lim muassasalarida ta'lim olishlari va amaliyot o'tashlari uchun zarur sharoitlar yaratadi;
  • kinoijodkorlarning malakasini oshirish maqsadida xorijiy ta'lim muassasalari bilan belgilangan tartibda hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yadi;
  •  kinoijodkorlarning ta'lim olishini moliyaviy qo'llab-quvvatlaydi;

 9)      kino sohasida halqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy kino mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish, xorijiy kino ishlab chitsaruvchi tashkilot va kinoijodkorlar bilan aloqalarni kengaytirish, milliy kino san'atini halqaro kinofestivallarda namoyish etish sohasida:

  •  xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlikda turli tadbirlar, festivallar, ko'rik-tanlovlar o'tkazadi;
  •  xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlikda filmlarni suratga olish ishlarini tashkil qiladi, ular bilan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzadi;
  •  kino sohasida hamkorlikni rivojlantirish va milliy filmlarni nufuzli kinofestivallarga olib chiqish maqsadida halqaro aloqalarni yo'lga qo'yadi;
  • halqaro kinoanjumanlar va kinofestivallarni tashkil qiladi, shu kabi tadbirlarda faol ishtirok etadi, xorijiy kino ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va kinoijodkorlar bilan muntazam aloqalar o'rnatadi;
  • xorijda “O'zbek kinosi kunlari” tadbirlarini tashkil etadi, O'zbekistonda xorijiy mamlakatlarning milliy kino kunlarini o'tkazadi;
  • milliy filmlarimizni yaratish jarayoniga xorijiy davlatlarning kino ijodkorlari, texnik xodimlarini to'g'ridan-to'g'ri shartnoma tuzgan holda jalb qiladi. 

2-§. Agentlik markaziy apparatining vazifalari va funktsiyalari

 11. Quyidagilar Agentlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

 1) Agentlikka yuklangan vazifalar va topshiriqlar Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar bilan birgalikda samarali bajarilishini ta'minlash;

 2) Agentlik, uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning muhim muammolari va yo'nalishlarini    aniqlash hamda muammolarni bartaraf etish bo'yicha chora- tadbirlarni amalga oshirish;

 3) Agentlik, uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar samaradorligini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, respublika va halqaro mikyosdagi hamkorlik, faoliyat yo'nalishlari bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari o'z muddatida sifatli tayyorlanishini tashkil etish va Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga takdim etish;

4) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlash, Agentlik nizomiga amal kilinishini, Bosh direktor va Xdy'at qarorlari Agentlikning tizimiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan bajarilishini ta'minlash;

5) halqaro alokalarni rivojlantirish bilan bog'lik chora-tadbirlarni amalga oshirish.

12. Agentlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy masalalarni hal etish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

1)  Agentlik va uning rahbariyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta'minlaydi;

2) O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosini, Agentlik nizomiga amal qiliiishini, Bosh direktor va Xay'at qarorlari tizim tashkilot va muassasalar tomonidan bajarilishini ta'minlaydi va tizimli nazoratni amalga oshiradi;

3)  Agentlik tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga taqdim etiladigan loyihalarning ishlab chiqilishi hamda iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy edspertizadan o'tkazilishini samarali tashkil etadi;

4)  Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi va boshqaruvni amalga oshiradi;

5) Agentlikning vakolatlari doirasida tezkor bajarilishi lozim bo'lgan topshiriqlar, tashkiliy, kadrlar masalasi hamda moliyaviy, xo'jalik va boshqa masalalar bilan bog'liq muammolarni hal qiladi;

6) Halqaro ijodiy aloqalarni mustahkamlash, O'zbekistonda va xorijda festivallar orqali milliy kino san'atimiz yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, festivallar, konferentsiyalar, kino kunlari va boshqa anjumanlar o'tkazishni tashkil etadi;

7) Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar va O'zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi bilan birgalikda iste'dodli yoshlarning ijodiy imkoniyatlarini namoyon qilish, kino sohasi yo'nalishida malakali mutaxassislar tayyorlash va ularni qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ular amalga oshirilishini nazorat qiladi;

8)  Agentlik hayotidagi muhim sanalar, tadbirlar, milliy kino san'atidagi yangiliklar Agentlikning rasmiy veb-saytida hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib borilishini ta'minlaydi;

9)   Agentlikning ijodiy, ishlab chiqarish, o'quv, targ'ibot va tashviqot yo'nalishlaridagi faoliyatini, turdosh vazirliklar, idoralar, ijodiy uyushmalar, tashkilotlar, fondlar bilan hamkorligini rivojlantirish bilan bog'liq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

10)  Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

11)  Agentlik va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan, dasturiy mahsulotlardan va ma'lumotlarni qayta ishlovchi texnik vositalaridan, aloqa va ma'lumotlar uzatish vositalaridan foydalanishni axborot xavfsizligini ta'minlagan holda tashkil etadi;

12)  Agentlikning tizimiga kiruvchi tashkilotlarda mehnat va ijro intizomini mustahkamlaydi va nazorat qiladi.


3-§ Hududiy bulinmlarning vazifalari va funktsiyalari

13. Quyidagilar hududiy bo'linmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

1)     hududlarda kino sohasi yo'nalishi bo'yicha davlat siyosatini yuritish;

2)     milliy filmlar hududdagi aholiga namoyish qilinishini samarali tashkil etish:

3) tegishli litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan kinematografiya sohasidagi tadbirkorlik sub'ektlari bilan o'zaro hamkorlikni yulga qo'yish, ularning samarali faoliyat yuritishiga sharoit yaratib berish;

4) Qorakalpog'iston Respublikasi Juqorg'i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura hududiy organlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar (keyingi o'rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;

5)   hududda kino namoyishi bilan bog'lik aniqlangan muammolarni chuqur va har tomonlama tahlil etish, umumlashtirish va sohani rivojlantirish bo'yicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash.

 

4-bob. Agentlik va uning tuzilmalari huquq va javobgarligi

1-§. Agentlikning huquq va javobgarligi

 14. Agentlik o'zining vazifalari va funktsiyalarini amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

  • Agentlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalar bajarilishini ta'minlash bilan bog'liq normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritish;
  • Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish, zarurat tug'ilganda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan qo'shma qarorlar qabul qilish;
  • Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini boshqarish;
  • Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo'lgan axborotni davlat va xo'jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda so'rash va olish;
  • Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha zarur statistika axborotini davlat statistika organlaridan bepul asosda olish;
  • Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning davlatga tegishli mol-mulkini o'zining tashkiliy tuzilmasi doirasida bir bo'limdan boshqa bo'limga belgilangan tartibda berish;
  • Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari tomonidan o'z sohasida ular faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari bo'yicha parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularni moddiy rag'batlantirish tartibi, mikdorlari va shartlarini belgilash;
  • Agentlik vakolatlariga kiradigan masalalar bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
  • Agentlik vakolatlariga kiradigan masalalar bo'yicha idoralararo tusdagi halqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashki iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
  • O'zbekistonning yetuk kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan milliy filmlarni saqlash hamda respublika hududida va xorijiy mamlakatlarda festivallar, kino kunlarini o'kazish;
  • xorij kinokompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan filmlarni sotib olish va ularni O'zbekistonda namoyish qilinishini yulga qo'yish;
  • Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash choralarini ko'rish;
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomalar tuzish, xo'jalik aloqalar o'rnatish;
  • Agentlik tasarrufidagi mol-mulkka nisbatan qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan doirada, o'z faoliyatining maqsadlariga, mulkdorning topshiriqlariga hamda mol-mulkning vazifasiga muvofiq holda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
  • O'zbekistonda suratga olingan filmlar xorijiy davlatlarda namoyish qilinishini yo'lga qo'yishga ko'maklashish;
  • Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

 15. Agentlik:

o'ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalar samarali bajarilishini ta'minlash uchun;

Vazirlik faoliyati bilan bog'liq prognoz ko'rsatkichlarga so'zsiz erishilishini ta'minlash uchun;

Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar hamda Agentlik tomonidan qabul kilingan qarorlarning sifati va ular amalga oshirilishga doir yakuniy natijalar uchun;

Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ulardagi muammolarni hal qilish bo'yicha dasturlar, chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun javob beradi.

2-§. Agentlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi

 16. Agentlik markaziy apparati o'zining vazifalari va funktsiyalarini bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Agentlikning hududiy bo'linmalari va uning tizimidagi tashkilotlardan Agentlik markaziy apparatida ko'rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan materiallar va ma'lumotlarni, normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini so'rab olish;

Agentlik hududiy bo'linmalari va uning tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Agentlik ko'rib chiqayotgan masalalar yuzasidan axborot va tahliliy materiallar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyiha tayyorlash uchun belgilangan tartibda jalb qilish, ushbu maqsadlarda ekspert va ishchi guruhlar tuzish;

Agentlikning hududiy bo'linmalari va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlashni talab etish, zarur hollarda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;

Agentlikning hududiy bo'linmalari va uning tizimidagi tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig'ilishlar o'tkazish;

Agentlikning hududiy bo'linmalari va uning tizimidagi tashkilotlar rahbarlariga Agentlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalar bajarishga aloqador va tezkor hal etilishi lozim bo'lgan masalalar bo'yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, Agentlik rahbariyati topshiriqlari Agentlikning hududiy bo'linmalari va unga tegishli tashkilotlar tomonidan bajarilishini belgilangan tartibda o'rganish va tekshirish.

Agentlik markaziy apparati qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.


17. Agentlik markaziy apparati:

Agentlikning hududiy bo'linmalari va uning tasarrufidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalar o'z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta'minlash;

Agentlik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan prognoz ko'rsatkichilarning bajarilishini ta'minlash bo'yicha Agentlikning markaziy apparati bo'limlari ishini tashkil etish;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga Agentlik tomonidan ko'rib chiqish uchun taqdim etiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni sifatli tayyorlash;

kino sohasining rivojlanishi bo'yicha chora-tadbirlar dasturi, rejasi, "yo’l haritasi” va boshqa dasturiy hujjatlarning tarkibiy va hududiy bo'linmalar tomonidan samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli kino sohasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni hamda hududlardagi muammoli masalalar samarali hal etilishini tashkil qilish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash uchun javob beradi.


3- §. Agentlikning Qorakalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxridagi bo'limlarining 

huquqlari va javobgarligi

18. Agentlikning Korakalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo'limlari o'z vazifalari va funktsiyalarini bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) davlat va boshqaruv organlarining joylardagi hududiy bo'linmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o'zining vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni belgilangan tartibda so'rab olish;

2) davlat va boshqaruv organlarining joylardagi hududiy bo'linmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun kiritish;

3) Agentlik vakolatiga kiruvchi kinematografiya sohasidagi muhim masalalarni o'rganish va hal etish bo'yicha hududiy miqyosdagi idoralararo komissiya va kengashlarni tuzish;

4) kinematografiya sohasiga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish bo'yicha Agentlikka takliflar kiritish;

5) audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilish;

6) hududlarda xorijiy kinokompaniyalar tomonidan filmlarni kino va videotasvirga olish ishlariga ko'maklashish.


19. Hududiy bo'linmalar:

Agentlikka yuklangan vazifalarni tegishli hududda sifatli va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash;

Agentlikning hududiy bo'linmalari faoliyati bilan bog'liq bo'lgan prognoz ko'rsatkichlarini ta'minlash;

Agentlikka takdim etilgan hujjatlar va takliflar loyihasini, shuningdek, Agentlikning hududiy bo'linmalari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni amalga oshirishning sifati va yakuniy natijalarini ko'rib chiqish;

hududda aniqlangan muammolarni chuqur va har tomonlama tahlil etish, umumlashtirgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kino sohasini rivojlantirish bo'yicha takliflar tayyorlash;

Qorakalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kino sohaning rivojlanishi bo'yicha chora-tadbirlar dasturi, rejasi, “yo’l haritasi” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish, muammoli masalalarni hal etish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash uchun javob beradi.


5- bob. Agentlik rahbariyatining asosiy funktsional vazifalari

 20. Quyidagilar Agentlik bosh direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

) O'zbekiston Respublikasi Ko1nstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshda normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan mazkur organga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishini ta'minlash;

3) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini takomillashtirish kontseptsiyasi, kompleks chora-tadbirlar dasturlarining ijro etilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;

4) Agentlik va uning tarkibiy hamda hududiy bo'linmalari faoliyatiga aloqador prognoz ko'rsatkichlarining ta'minlanishi bo'yicha amaliy choralar ishlab chiqish va qabul qilish;

5) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni xizmatlari va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, shuningdek, vazirliklar va idoralar bilan Agentlik faoliyati sohasiga tegishli masalalarda hamkorlik qilish, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislari va uning Rayosatida tegishli masalalarning ko'rib chiqilishida ishtirok etish;

6) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o'rinbosarlari topshiriqlarini bajarish;

7) Agentlik Bosh direktori o'rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ularning o'rtasida majburiyatlarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatini belgilash, Bosh direktor o'rinbosarlarining va Agentlik faoliyatining ayrim sohalarini boshqaruvchi mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;

8) Agentlik faoliyatini rejalashtirish, Agentlik bosh direktorining o'rinbosarlari uchun har chorak rejasini tasdiqlash, ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat o'rnatish;

9) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari hamda topshiriqlarini bajarish va monitoringini olib borish bo'yicha amaliy tizimni yaratish, Agentlikda ijro intizomini mustahkamlash bo'yicha amaliy kompleks choralar ko'rish, shuningdek, tarkibiy va hududiy bo'linmalar, Agentlik tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to'g'risida 2017 yil 11 apreldagi PK-2881-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori bilan belgilangan vazifalarni sifatli bajarish bo'yicha shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko'rish;

10) Agentlik xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

11) Agentlikka kadrlarni tanlab olish va tayinlash, ularning samarali faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish, Agentlikning kadrlar zahirasini shakllantirish;

12) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomepklaturasiga kiruvchi bo'sh ish o'rinlariga shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinuvchi boshqa kadrlarning professionalligi, chuqur bilimga va amaliy tajribaga yuqori darajadagi ishchanlik, ruxiy-ma'naviy fazilatlarga ega o'lishini ta'minlash;

13) kino sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqarishni tashkil etish, ularni “Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Konuni, Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti to'g'risida” 2005 yil 14 fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi o'rinlarda Vazirlar Mahkamasi Reglamenti deb ataladi), O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamentini tasdiqlash to'g'risida" 2017 yil 28 iyuldagi PK-3161-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Reglamentiga (keyingi o'rinlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Reglamenti deb ataladi) qatiy amal qilgan holda o'z vaqtida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish, ularni ishlab chiqishda Vazirlar Mahkamasining Apparatida ishtirok etish, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida ko'rib chiqilishida loyihani himoya qilish;

14) Agentlikning qonun loyihalarini ishlab chiqishdagi faoliyatini “Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq tashkil etish;

15) Agentlikka takdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va takliflar to'liq va atroflicha ko'rib chiqilishini ta'minlash, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa jihatdan sinchikovlik bilan o'rganish, shuningdek, belgilangan muddatda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Reglamentiga muvofiq kelishish (viza qo'yish);

16) Agentlik rahbariyati va xodimlarining xizmat safarlarini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to'g'risida” 2014 iil 5 martdagi PQ;-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida bo'lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O'zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas'uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qaroriga muvofiq tashkil etish va amalga oshirish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijaviyligini, xizmat safari sarf- harajatlariga ajratilayotgan mablag'ning maqsadli va oqilona ishlatilishini ta'minlash;

17) Bosh direktor o'rinbosarlari va tarkibiy hamda hududiy bo'linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini Agentlikning yig'ilishlarida eshitish, natijalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilish;

18) Agentlik xodimlarining rag'batlantirilishi va ularni intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, Bosh direktor o'rinbosarlarini rag'batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo'yicha takliflar kiritish, jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishining maqsadga muvofiqligi masalasini ko'rib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo'yicha tizimli choralar ko'rish;

19) “O'zbekkino” Milliy agentligi xodimlarining odob-ahlok qoidalariga rioya etishlarini ta'minlash;

20) O'zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq Agentlik tizimida korruptsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlarini oldini olish choralarini ko'rish, shuningdek, qonunchilik amaliyotini takomillashtirish bo'yicha choralar ishlab chiqish va amalga oshirish yo'li bilan korruptsiyani aniqlash, tahlil qilish, uning sabablari va sharoitlarini bartaraf etish;

21) Agentlik va uning tarkibiy hamda hududiy bo'linmalari faoliyatini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish;

22) “Elektron hukumat to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish;

23) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha ishlarni samarali tashkil etish, aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri va ochiq muloqotni yo'lga qo'yish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy, shuningdek, sayyor qabullarini tashkil qilishni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

24) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Halk qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan murojaatlar o'z vaqtida hamda atroflicha o'rganib chiqilishida Agentlik xodimlari va rahbariyatining faol qatnashishini ta'minlash;

25) Agentlikka takdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va takliflar to'liq hamda atroflicha ko'rib chiqilishini ta'minlash, ular moliyaviy, iqtisodiy. huquqiy va boshqa turdagi ekspertizadan o'tkazilishini ta'minlash;

26) davlat sirlariga alokador, shuningdek, boshqa maxfiy axborotlar bilan ishlaganda qonunchilik talablariga rioya etish.

 

21. Agentlik bosh direktori o'rinbosarlarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:

1) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) tegishli buyruq asosida Agentlik bosh direktorining vaqtincha yo'qligida uning vazifalarini bajarish;

3) mutasaddiligidagi Agentlik tarkibiy bo'linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, xodimlar o'rtasida majburiyatlarni taqsimlash;

4) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish kontseptsiyasi, kompleks dasturlar va chora-tadbirlarni o'zi nazorat qilayotgan yo'nalish bo'yicha tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

5) mutasaddiligidagi yo'nalishda prognoz ko'rsatkichlarini mutlaq ta'minlash bo'yicha choralar ko'rish, bo'limlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish va belgilangan ko'rsatkichlarga erishish bo'yicha ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;

6) mutasaddiligidagi tarkibiy bo'linmalar rahbarlarining har chorak uchun rejasini tasdiqlash, rejaning amalga oshirilishi ustidan nazorat o'rnatiщ;

7) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari hamda topshiriqlarini bajarish va monitoringini olib borish bo'yicha mutasaddilik qiladigan tarkibiy-amaliy tizimni yaratish, Agenglikda ijro intizomini mustahkamlash bo'yicha amaliy kompleks choralar ko'rish, shuningdek, tarkibiy va hududiy bo'linmalar, Agentlik tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to'g'risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-SON qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori bilan belgilangan vazifalar sifatli bajarishi bo'yicha shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko'rish;

8) Agentlik xay'ati qarorlari, Agentlik bosh direktorining buyruq va topshiriqlari o'z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash;

9) mutasaddiligidagi tarkibiy bo'linmalarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish va kadrlar zahirasini shakllantirish bo'yicha Agentlik bosh direktoriga takliflar kiritish;

10) mutasaddiligidagi tarkibiy bo'linmalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqishni tashkil etish, ularni Vazirlar Mahkamasiga ‘'Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamentiga katiy amal qilgan holda o'z vaqtida Agentlik bosh direktori tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishga tayyorlash shuningdek, Bosh direktor topshirig'iga binoan loyihani ishlab chiqishda Vazirlar Mahkamasining Apparatida ishtirok etish;

11) Agentlikka takdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va takliflar to'liq hamda atroflicha ko'rib chiqilishini ta'minlash, ular moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa turdagi ekspertizadan o'tkazilishini ta'minlash;

12) xizmat safarlarini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to'g'risida”gi PQ-2142-son qarori va 2017 yil 3 avgustdagi "Xorijiy xizmat safarlarida bo'lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O'zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas'uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3170-son qaroriga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safari sarf-harajatlariga ajratilayotgan mablag'ning maqsadli va oqilona ishlatilishini ta'minlash;

13) mutasaddiligidagi tarkibiy bo'limlar mas'ul xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini Agentlikning yig'ilishlarida eshitish, natijalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilish;

14) Agentlikning faoliyati sohasini takomillashtirish bo'yicha amaliy choralar ko'rish, qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik bosh direktoriga kiritish;

15) mutasaddiligidagi tarkibiy bo'limlar xodimlarining rag'batlantirilishi va ularga intizomiy jazo berish masalalari, shuningdek, ularning egallab turgan lavozimida qolishining maqsadga muvofiqdigi masalasini ko'rib chiqish, ularning funktsional vazifalarini bajarishdagi shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko'rish bo'yicha Agentlik bosh direktoriga takliflar kiritish;

16) “O'zbekkino” Milliy agentligi xodimlarining odob-ahlok qoidalariga rioya etish;

17) “Korruptsiyaga karshi ko'rashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Agentlik tizimida korruptsiya va boshqa qonunbuzarlik holatlarining oldini olish choralarini ko'rish, shuningdek, qonunchilikka bo'ysunish amaliyotini takomillashtirish bo'yicha choralar ishlab chiqish va amalga oshirish yuli bilan korruptsiyani aniqlash, tahlil qilish, sabablari va sharoitlarini bartaraf etish;

18) davlat xizmatlarini ko'rsatish samaradorligi, sifatini oshirish, ochiqligini ta'minlash bo'yicha Agentlik bosh direktoriga takliflar kiritish;

19) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha ishlarni samarali tashkil etish, aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri va ochiq muloqotni yulga qo'yish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qilish, shuningdek, sayyor qabullarni tashkil etishni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

20) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Halk qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan murojaatlar o'z vaqtida hamda atroflicha o'rganib chiqilishida faol ishtirok etish;

21) davlat sirlariga alokador, shuningdek, boshqa maxfiy axborotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etish.


22. Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo'linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari quyidagilardan iborat:

1) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) tarkibiy bo'limlarga bevosita rahbarlik qilish, mazkur bo'limlarga yuklangan vazifa va funktsiyalarni bajarish;

3) o'zining vakolati doirasida Agentlikning hududiy bo'linmalari va uning tasarrufidagi tashkilotlarni nazorat qilish;

4) belgilangan prognoz ko'rsatkichlarining ta'minlanishini tizimli tahlil qilish va belgilangan ko'rsatkichlarni tarkibiy va hududiy bo'linmalar tomonidan mutlaq ta'minlanishi uchun qo'shimcha choralar ko'rish bo'yicha Agentlik rahbariyatiga taklif kiritish;

5) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari hamda topshiriqlarini bajarish va monitoringini olib borish bo'yicha amaliy tizimni yaratish, bo'linmalardagi ijro intizomini mustahkamlash bo'yicha amaliy kompleks choralar ko'rish, shuningdek, tarkibiy va hududiy bo'linmalar, Agentlik tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hujjatlarning va topshiriqlarning samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O'zbekiston Respublikasi Davlat maslahatchilarining Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajadagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to'g'risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori bilan belgilangan vazifalarni sifatli bajarishi bo'yicha shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko'rish;

6) Agentlikning yig'ilishlari qarorlari, Agentlik bosh direktori va uning o'rinbosarining buyruq va topshiriqlari o'z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash;

7) tarkibiy bo'limlar uchun har choraklik rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash uchun kiritish, unda belgilangan maqsad va vazifalar o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash;

8) tarkibiy bo'limlarga yuklatilgan vazifalar nazoratini amalga oshirish, Agent1likning hududiy bo'linmalari va uning tasarrufidagi tashkilotlarga amaliy va metodik yordam ko'rsatish;

9) Agentlik tarkibiy bo'limlarining faoliyatiga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

10) Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar bo'yicha kadrlarni tanlash va joy joyiga qo'yish bo'yicha takliflarni kiritish, ularning yuqori darajadagi ahlokiy fazilatlarini kafolatli ta'minlash, kasb malakasini oshirish, rahbarlik qilinadigan tarkibiy bo'limlarda kadrlar zahirasini shakllantirishda ishtirok etish;

11) faoliyat sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqishni tashkil etish, tarkibiy bo'limlarda ishlab chiqilgan xujjatlarni Agentlik bosh direktoriga “Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida’ti O'zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining Peglamenti, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Reglamentiga qat'iy amal qilgan holda kiritilishini ta'minlash;

12) Agentlikka takdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va takliflarni to'liq va har tomonlama ko'rib chiqish, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa turdagi ekspertizadan o'tkazish.


23. Hududiy bo'linmalar rahbarlarining asosiy funktsional vazifalari quyidagilardan iborat:

1) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) Agentlikning hududiy bo'linmalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, Agentlik hujjatlarida hududiy bo'linmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) hududiy bo'linmalar faoliyatiga aloqador prognoz ko'rsatkichlarining so'zsiz ta'minlanishi bo'yicha amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;

4) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari ijrosini bajarish, ijro intizomini mustahkamlash bo'yicha amaliy kompleks choralar ko'rish, shuningdek, hududiy bo'linmalar xodimlarining O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to'g'risida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori bilan belgilangan vazifalarni sifatli bajarishi bo'yicha shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko'rish;

5) Agentlikning xay'at yig'ilishlari qarorlari, Agentlik bosh direktori va uning o'rinbosarining buyruq va topshiriqlari o'z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash;

6) Agentlik faoliyati doirasiga kiruvchi masalalar bo'yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qilish;

7) hududiy bo'linmalar faoliyatini rejalashtirishni tashkil qilish, har chorak ish rejalarini tasdiqlash hamda ularning bajarilishi ustidan nazorat o'rnatish;

8) hududiy bo'linmalarga xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, hududiy bo'linmalarda kadrlar zahirasini shakllantirish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

9) Agentlik rahbariyati nomenklaturasiga kiruvchi, shuningdek, hududiy bo'linmalar tomonidan ishga qabul kilinadigan boshqa lavozimlarga tavsiya etiladigan xodimlarning professionalligi, vakolatliligi, amaliy tajribaga egaligi, ishbilarmonlik va ahlokiy-ma'naviy sifatlarining yuqorililigi kafolatini ta'minlash;

10) hududiy bo'linmalar xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish va rag'batlantirish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi masalalarini ko'rib chiqish, shaxsiy javobgarligini oshirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

11) Agentlik xodimlarining odob-ahloq qoidalari talablariga rioya qilinishini ta'minlash;

12) “Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Agentlik tizimida vujudga kelishi mumkin bo'lgan poraxo'rlik va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo'yicha tegishli chora tadbirlarni qo'llash, shu bilan birga, ularning sodir bo'lishiga zamin yaratuvchi sabablarni o'rganish va ularga barham berish bo'yicha zaruriy ishlarni amalga oshirish;

13) prognozdagi rejalar ko'rsatkichlarining qay darajada amalga oshirilayotganligini tizimli ravishda tahlil qilish va qo'yilgan vazifalarning hududiy bo'linmalar tomonidan to'laqonli bajarilishini ta'minlashga qaratilgan qo'shimcha chora tadbirlarni tatbiq etish bo'yicha Agentlik bosh direktori o'rinbosarlariga takliflar kiritish;

14) hududiy bo'linmalar xodimlari faoliyati samaradorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini doimiy tarzda eshitib borish hamda yakunlar bo'yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish;

15) hududiy bo'linmalar faoliyatiga oid masalalar bo'yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish to'g'risida, shuningdek, davlat xizmatlari ko'rsatilishi sifatini yaxshilashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va ularni Agentlik rahbariyatiga ko'rib chiqish uchun kiritish;

16) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha ishlarni samarali tashkil etish, aholi bilan to'g'idan-to'g'ri va ochiq muloqotni yo'lga qo'yish. jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qilish. shuningdek. sayyor qabullarini tashkil etishni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

17) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Halk qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan murojaatlar o'z vaqtida hamda atroflicha o'rganib chiqilishida faol ishtirok etish;

18) hududiy bo'linmalar xodimlariga mukofot puli, oylik maoshiga qo'shimcha ustama haq qo'shib berish, moddiy yordam ko'rsatish orqali rag'batlantirish hamda Agentlik rahbariyatiga xodimlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash bo'yicha takliflar kiritish;

19) davlat siri yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirlardan iborat malumotlarning himoya etilishini ta'minlash.


6-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi

24. Agentlik bosh direktori:

1) Agentlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari bo'yicha;

3) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan o'zining funktsional vazifalarini sifatli amalga oshirish uchun shaxsan mas'ul hisoblanadi.


25. Agentlik bosh direktori o'rinbosarlari:

1) mutasaddiligidagi tarkibiy bo'linmalarga Agentlik tomonidan yuklatilgan vazifalarning bajarilishi;

2) o'ziga taallukli masalalar bo'yicha ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan Agentlikning sohalari bo'yicha javobgarlik;

3) ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan funktsional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas'ul hisoblanadi.

 

26. Agentlik markaziy apparatining tarkibiy bo'limlari rahbarlari:

1) tegishli tarkibiy bo'limlarga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni amalga oshirish;

2) ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Agentlik markaziy apparati javobgarlik sohalari bo'yicha majburiyatlar;

3) mazkur Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan funktsional vazifalarning sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas'ul hisoblanadi.


27. Agentlikning hududiy bo'linmalari rahbarlari:

1) hududiy bo'linmalarga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Agentlikning hududiy bo'linmalari javobgarlik sohalari bo'yicha majburiyatlarning sifatli bajarilishi;

3) ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan funktsional vazifalarning sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas'ul hisoblanadi.

 

7-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish

 1- §. Agentlik rahbariyati

28. Agentlikni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Bosh direktor boshqaradi.

29. Bosh direktorning ikki nafar o'rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o'rinbosari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod kilinadi.

30. Bosh direktor o'z maqomiga, maishiy ta'minoti, tibbiy va transport xizmatidan foydalanish shart-sharoitlariga ko'ra — vazirga, bosh direktorning birinchi o'rinbosari va o'rinbosari - tegishli ravishda vazirning birinchi o'rinbosari va o'rinbosariga tenglashtiriladi.

31. Agentlik bosh direktori bo'lmagan vaqtda uning vakolatlari o'rinbosarlari o'rtasida taqsimlanadigan majburiyatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

32. Agentlikning tarkibiy va hududiy bo'linmalari rahbarlari Bosh direktor tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

 

2- §. Agentlik markaziy apparati tarkibiy va hududiy bo'linmalar bilan

o'zaro hamkorlik qilishi tartibi

32. Agentlik markaziy apparati tarkibiy va hududiy bo'linmalar bilan o'zaro hamkorligini ta'minlash tarkibiy bo'linmalar rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.

33. Agentlik markaziy apparati tarkibiy va hududiy bo'linmalar bilan o'zaro hamkorlik qilishi jarayonida:

1) hududiy bo'linmalar va Agentlik tizimidagi boshqa tashkilotlarga topshiriqlarni etkazib, ularning ijrosini nazorat qiladilar;

2) hududiy bo'linmalar va Agentlik tizimidagi boshqa tashkilotlarga ular faoliyatiga oid so'rovlarni yo'naltiradi va ularning ijrosini nazorat qiladi;

3) tekshirishlar olib borish barobarida hududiy bo'linmalar va Agentlik tizimidagi boshqa tashkilotlar faoliyati tajribasini umumlashtirib, sohani takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;

4) hududiy bo'linmalar va Agentlik nazorati ostidagi tarkibiy bo'limlar faoliyati natijalari bo'yicha statistik ma'lumotlar, axborot va hisobot materiallarini o'rganish ishlarini tashkil etadi;

5) hududiy bo'linmalar va Agentlik nazorati ostidagi tarkibiy bo'limlardan tushgan takliflarni ko'rib chiqadi;

6) hududiy bo'linmalar va Agentlik ish rejalarini taxlil qiladi hamda ular faoliyatini rejalashtirishni yanada takomillashtirish bo'yicha Agentlik nazorati ostidagi tarkibiy bo'limlarning normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash jarayonida qatnashishini ta'minlaydi.


34. Hududiy bo'linmalar Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo'linmalari bilan o'zaro hamkorlik qilishi jarayonida o'z navbatida:

1)      Agentlik rahbariyatiga u tomonidan berilgan topshiriqlarning bajarilganligi haqida hisobot beradi;

2)      belgilangan ish faoliyati doirasidagi qonunchilikning amalga oshirilishi natijalari to'g'risida markaziy apparatga ma'lumot berib boradi;

3)   tekshirish va o'rganishlar natijasida anikdangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarga barham berish bo'yicha markaziy apparatga axborot berib boradi;

4)      o'z ishlari natijalari haqida Agentlikning markaziy apparatiga belgilangan muddat va tartibda hisobot beradi;

5)  Agentlikning markaziy apparati rahbariyatiga hududni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish bilan bog'liq muammolar, shu jumladan, aholini qiynayotgan masalalar echimiga yo'naltirilgan takliflar kiritadi;

6)     vakolatli davlat tashkilotlari tomonidan o'tkazilgan tekshirishlar natijalari haqida ma'lumot beradi.

 

35. Agentlik markaziy apparatining tizim tashkilotlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlari jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Bosh direktorning topshirig'iga asosan uning o'rinbosari tomonidan ko'rib chiqiladi. Kelishmovchiliklar hal bo'lmagan taqdirda, ushbu masala bo'yicha tegishli qaror bevosita Bosh direktor tomonidan qabul qilinadi.

 

3- §. Agentlikning davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qilish tartibi

36. Agentlik o'z faoliyati davomida davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikda ish olib boradi. Agentlik hududiy bo'linmalari o'zining vakolati doirasida davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning hududiy bo'linmalari bilan o'zaro hamkorlikda ish olib boradi.

37. Agentlik hududiy bo'linmalari ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlikda tegishli hududlarni rivojlantirishga yunaltirilgan “yul haritalari”ni ishlab chiqib, uni amalga oshiradi.

38. Agentlik faoliyati yuzasidan Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleks rahbari va Vazirlar Mahkamasining axborot-taxlil departamentiga axborot berib boradi.

 

4- §. Agentlikning xay'ati va boshqa kollegial organlari

39. Agentlikda uning asosiy faoliyat yo'nalishlarini muvofiqlashtiradigan bosh direktor (xay'at raisi), uning o'rinbosarlari (lavozimi bo'yicha), shuningdek, tasarrufidagi tashkilotlarning rahbarlaridan iborat tarkibda xay'at tashkil etiladi. Xay'at a'zolarining soni va shaxsiy tarkibi Agentlik bosh direktorining takdimiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

40. Xay'atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

davlat boshqaruvi organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Agentlik tarkibiy va hududiy bo'linmalari rahbarlarining hisobotlari tizimli asosda eshitib borilishini tashkil etish, qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O'zbekiston Respublikasi Xukumatining qarorlarida belgilangan vazifalar o'z vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishini ta'minlash yuzasidan Agentlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko'rish;

Agentlik faoliyatiga oid hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirish samaradorligini har chorakda va tizimli ko'rib chiqish;

xay'atning kengaytirilgan ko'chma yig'ilishlarini o'tkazish, Agentlik faoliyati sohasi dolzarb masalalarining joylarda muhokama etilishini ta'minlash;

Agentlik markaziy apparati va uning tizimidagi lavozimlar nomenklaturasini ko'rib chiqish hamda tasdiqlash;

Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish masalasini ko'rib chiqish;

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning o'z vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishini ta'minlash uchun Agentlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash hamda shaxsiy javobgarligini oshirish;

O'zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladigan va Agentlik mas'ul ijro etuvchi organ hisoblangan qonun loyihalari bilan bog'lik masalalarni ko'rib chiqish.

Xay'at O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi vakolatiga kiradigan va kollegial muhokama etishni talab qiladigan har qanday masalani ko'rib chiqish huquqiga ega.

41. Xay'at majlislariga boshqa vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Agentlik vakolatlariga kiruvchi masalalarga aloqador boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin. Majlisda Xay'at tarkibining yarmidan ko'pi hozir bo'lganda Xay'at majlisi vakolatli hisoblanadi. Ko'rib chiqilayotgan masalalar bo'yicha qarorlar oddiy ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

42. Xay'at tomonidan qabul kilingan qarorlar Agentlik bosh direktorining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.

43. Agentlik bosh direktori va xay'at a'zolari o'rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo'lgan takdirda Bosh direktor mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, bunda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga xabar kilinadi. Xay'at a'zolari ham o'z fikrlarini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga ma'lum qilishlari mumkin.

44. Xay'at faoliyati tartibi xay'at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.

45. Agentlikda davlat ijtimoiy granti asosida ishlab chiqariladigan filmlarning g'oyaviy-badiiy saviyasi, mazmun-mohiyati hamda professional darajasini oshirish maqsadida soxa namoyandalari, tajribali etuk va talabchan mutaxassislardan iborat Badiiy kengash tuziladi va uning nizomi belgilangan tartibda Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.


8- bob. Agentlik faoliyatining samaradorligini 

baholash mezonlari va ishchi ko'rsatkichlari

46. Agentlik faoliyatining samaradorligi doimiy ravishda baholab boriladi.

47. Agentlik faoliyatining samaradorligi va samaradorligini baholash Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleks rahbari tomonidan tasdiqlangan mezonlar va ish indikatoriga asosan amalga oshiriladi.

48. Baholash yakunlari bo'yicha quyidagi choralar ko'riladi: Agentlik rahbarlari va xodimlarini rag'batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish va Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini takomillashtirish.

49. Agentlik faoliyatining samaradorligini baholash metodikasi va tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

 

9- bob. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta'minlash, 

xodimlari mehnatiga haq to'lash va moddiy rag'batlantirish

50. Agentlik va uning tasarrufidagi tashkilotlarni moliyalashtirish va moddiy- texnik ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, Agentlik xuzuridagi Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg'armasi hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

51. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo'shimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan va boshqa to'lovlardan iborat bo'ladi. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, oylik ustamalar va rag'batlantirish to'lovlari Agentlik bosh direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq to'lanadi.

52. Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan ish haqi fondi, byudjetdan tashqari jamg'armalar va boshqa mablag'lar Agentlik xodimlariga ish haqi to'lash va moddiy rag'batlantirish manbaalari hisoblanadi.

 

10-bob. Agentlikning Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 

tegishli xizmatlari va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida hisobot berishi

53. Agentlik rahbariyati Agentlik faoliyati to'g'risida tizimli ravishda Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida hisobot beradi.

54. Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleks rahbari Agentlikka yuklangan vazifalar samarali bajarilishi bo'yicha Agentlik rahbariyati faoliyatining doimiy monitoringini olib boradilar va Agentlik faoliyati samaradorligiga holis baxo beradilar.

55. Monitoring va baholash yakunlari bo'yicha Vazirlikning alohida o'rnak ko'rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag'batlantiriladi yoxud yo'l qo'yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo'lgan javobgarlikka tortiladi.

 

11-bob. Yakunlovchi qoida

56. Agentlikni kayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech