Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mustaqillik yillarida “O‘zbekkino” Milliy agentligi tizimida 
qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida 
AXBOROT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 9-martdagi 360-sonli Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 224-sonli qaroriga muvofiq “O‘zdavkinokompaniya” faoliyati tashkil etilgan va bu soha Madaniyat ishlari vazirligining tizimidan ajratib olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 29-apreldagi "O‘zbekkino" Davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida"gi PF-1427-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston kinematografchilari uyushmasi negizida “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi tashkil etilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 16-martdagi "Kinematografiya sohasida boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida"gi PF-3407-son Farmoniga muvofiq “O‘zbekkino” Milliy agentligi tashkil topgan.
Agentlik uchun 15ta badiiy, 10ta multiplikatsion, 20 qismli hujjatli, ilmiy-ommabop kinofilm, 60 soatlik o‘quv-uslubiy videofilmlar yaratish yillik ishlab chiqarish hajmlari belgilangan. Bu maqsadlarga har yili davlat byudjetidan tegishli mablag‘ ajratilib kelinmoqda. 
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish maqsadida muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida milliy filmlarimiz xalqaro arenalarda ham muvaffaqiyatga erishib kelmoqda. 
Jumladan, 2006-yil Fransiyaning Vezul shahrida o‘tkazilgan Xalqaro kinofestivalda rejissyor Yusuf Roziqovning “Orzu ortida” filmi hamda 2011-yilda rejissyor Yolqin To‘ychiyevning “Ilova” filmi Gran-Pri bilan mukofotlandi. 
2009-yil Turkiyaning Kimer shahrida o‘tkazilgan Xalqaro kinofestivalda rejissyor Ayub Shahobiddinovning “O‘tov” filmi Festival Gran-Prisiga loyiq topildi.
2013-yil AQShning Nyu-York shahrida o‘tkazilgan “II Yevroosiyo kinofestivali”da rejissyor Ayub Shahobiddinovning “Parizod” filmi “Eng yaxshi rejissura” bo‘yicha bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. 
Alohida ta’kidlash lozimki, horijiy mamlakatlarda “O‘zbek kinosi kunlari” tadbirlarini o‘tkazish hamda xorijiy davlatlar kinolari kunlarini mamlakatimizda tashkil etish odat tusiga kirib qoldi. 
Misol uchun, Yevropa Ittifoqining yurtimizdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda so‘nggi 4 yildan buyon “Yevropa kinosi kunlari” yuqori saviyada o‘tkazilib kelinmoqda. Unda Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Belgiya kabi 15dan ortiq davlatlarning kinematograflari tomonidan suratga olingan eng sara ijod namunalari namoyish etildi. Qariyib 15 yildan buyon Toshkent shahrida “Yapon kinosi kunlari” o‘tkazilmoqda. 
Buyuk Britaniya, Polsha, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya kabi 10dan ortiq davlatlarda “O‘zbek kinosi kunlari” muntazam tashkil qilib kelinmoqda. 
Kinematografiya sohasida yosh iste’dodlarni izlab topish, ularni qo‘llab-quvvatlash va keng jamoatchilikka tanitish, yosh ijodkorlarning professional malakasini oshirish, katta ekranlarda o‘z ijodini namoyish etishiga yo‘l ochib berish ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu maqsadida “PROlogue” – yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar festivali tashkil etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech