Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
MAHMUDOV NIZOMIY JALOLOVICH
Bosh direktor o‘rinbosari
Telefon:
(998 71) 277-81-26
Faks:
Elektron pochta: n.mahmudov@uzbekkino.uz

Agentlik bosh direktori o'rinbosarlarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:

  • O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
  •  tegishli buyruq asosida Agentlik bosh direktorining vaqtincha yo'qligida uning vazifalarini bajarish;
  •  mutasaddiligidagi Agentlik tarkibiy bo'linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, xodimlar o'rtasida majburiyatlarni taqsimlash;
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish kontseptsiyasi, kompleks dasturlar va chora-tadbirlarni o'zi nazorat qilayotgan yo'nalish bo'yicha tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
  •  mutasaddiligidagi yo'nalishda prognoz ko'rsatkichlarini mutlaq ta'minlash bo'yicha choralar ko'rish, bo'limlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish va belgilangan ko'rsatkichlarga erishish bo'yicha ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
  •  mutasaddiligidagi tarkibiy bo'linmalar rahbarlarining har chorak uchun rejasini tasdiqlash, rejaning amalga oshirilishi ustidan nazorat o'rnatiщ;
  •  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari hamda topshiriqlarini bajarish va monitoringini olib borish bo'yicha mutasaddilik qiladigan tarkibiy-amaliy tizimni yaratish, Agenglikda ijro intizomini mustahkamlash bo'yicha amaliy kompleks choralar ko'rish, shuningdek, tarkibiy va hududiy bo'linmalar, Agentlik tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to'g'risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-SON qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori bilan belgilangan vazifalar sifatli bajarishi bo'yicha shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko'rish;
  •  Agentlik xay'ati qarorlari, Agentlik bosh direktorining buyruq va topshiriqlari o'z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash;
  • mutasaddiligidagi tarkibiy bo'linmalarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish va kadrlar zahirasini shakllantirish bo'yicha Agentlik bosh direktoriga takliflar kiritish;
  • mutasaddiligidagi tarkibiy bo'linmalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqishni tashkil etish, ularni Vazirlar Mahkamasiga ‘'Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamentiga katiy amal qilgan holda o'z vaqtida Agentlik bosh direktori tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishga tayyorlash shuningdek, Bosh direktor topshirig'iga binoan loyihani ishlab chiqishda Vazirlar Mahkamasining Apparatida ishtirok etish;
  • Agentlikka takdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va takliflar to'liq hamda atroflicha ko'rib chiqilishini ta'minlash, ular moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa turdagi ekspertizadan o'tkazilishini ta'minlash;
  • xizmat safarlarini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to'g'risida”gi PQ-2142-son qarori va 2017 yil 3 avgustdagi "Xorijiy xizmat safarlarida bo'lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O'zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas'uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3170-son qaroriga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safari sarf-harajatlariga ajratilayotgan mablag'ning maqsadli va oqilona ishlatilishini ta'minlash;
  • mutasaddiligidagi tarkibiy bo'limlar mas'ul xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini Agentlikning yig'ilishlarida eshitish, natijalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilish;
  • Agentlikning faoliyati sohasini takomillashtirish bo'yicha amaliy choralar ko'rish, qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik bosh direktoriga kiritish;
  • mutasaddiligidagi tarkibiy bo'limlar xodimlarining rag'batlantirilishi va ularga intizomiy jazo berish masalalari, shuningdek, ularning egallab turgan lavozimida qolishining maqsadga muvofiqdigi masalasini ko'rib chiqish, ularning funktsional vazifalarini bajarishdagi shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko'rish bo'yicha Agentlik bosh direktoriga takliflar kiritish;
  • “O'zbekkino” Milliy agentligi xodimlarining odob-ahlok qoidalariga rioya etish;
  • “Korruptsiyaga karshi ko'rashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Agentlik tizimida korruptsiya va boshqa qonunbuzarlik holatlarining oldini olish choralarini ko'rish, shuningdek, qonunchilikka bo'ysunish amaliyotini takomillashtirish bo'yicha choralar ishlab chiqish va amalga oshirish yuli bilan korruptsiyani aniqlash, tahlil qilish, sabablari va sharoitlarini bartaraf etish;
  • davlat xizmatlarini ko'rsatish samaradorligi, sifatini oshirish, ochiqligini ta'minlash bo'yicha Agentlik bosh direktoriga takliflar kiritish;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha ishlarni samarali tashkil etish, aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri va ochiq muloqotni yulga qo'yish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qilish, shuningdek, sayyor qabullarni tashkil etishni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Halk qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan murojaatlar o'z vaqtida hamda atroflicha o'rganib chiqilishida faol ishtirok etish;
  • davlat sirlariga alokador, shuningdek, boshqa maxfiy axborotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etish. 

Hozircha ma’lumot yo’q
Du
Se
Cho
10:00 - 12:00
Pa
Ju
10:00 - 12:00
Sha
Ya
Qabuliga yozilish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech