Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Direktor
Fotih Djalolov

Aloqali ma'lumotlar:

Tel.: +998 71 277-67-22
Email: office@uzbekfilm.uz

Ссылка на сайт:


O‘zbekiston hukumatining 1925 yilda qaroriga muvofiq filmlarni ishlab chiqarish fabrikasi sifatida yuridik shaxs «O‘zbekfilm» kinostudiyasi tashkil topgan bo‘lib, u 1960 yildan boshlab Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 1-uy manziliga joylashgan binoda o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Hozirgi kunda «O‘zbekfilm» kinostudiyasi ochiq hissadorlik jamiyati sifatida ish faoliyatini yurgizadi, davlatimizning madaniy-ma’rifiy va ma’naviy yo‘nalishdagi faoliyatini targ‘ib qilishda xizmat qiladi.

O‘zbekiston madaniyati va san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun «O‘zbekfilm» kinostudiyasi “Madaniy meros yodgorliklari” ro‘yxatiga kiritilgan.

Davlat mulk qo‘mitasining 1996 yil 17 oktyabridagi № 538-k-PO buyrug‘i hamda muassislarning 1996 yil 22 oktyabridagi umumiy yig‘ilish qaroriga muvofiq, «O‘zbekfilm» kinostudiyasi «O‘zbekfilm» ochiq hissadorlik jamiyatiga aylantirildi.

2013 yil 1 yanvar sanasiga ko‘ra, «O‘zbekfilm» ochiq hissadorlik jamiyati Nizom fondi 1000 so‘m qiymatiga ega bo‘lgan 752969 dona aksiyadan iborat bo‘lib 752 969 000 so‘mni tashkil etadi.

Nizom fondining 93,48% davlat ulushini tashkil etadi, qolgani esa yuridik va jismoniy shaxslarning ulushi hisoblanadi.

Egallagan yer maydoni - 9,56 gektar.

«O‘zbekfilm» ochiq hissadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bergan litsenziyaga muvofiq badiiy, hujjatli, multiplikatsion filmlarni ishlab chiqarish, ularni turli tillarga dublyaj qilish va subtitrlashtirish faoliyati bilan shug‘ullanadi.

«O‘zbekfilm» ochiq hissadorlik jamiyati o‘zining texnik salohiyati bilan hozirgi kunda filmlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yiliga 10 tagacha badi-iy, namoyish muddati 10 minutdan iborat bo‘lgan 6 ta multiplikatsion film hamda ishlab chiqarilgan barcha filmlar bo‘yicha dublyaj va sub-titrlashtirish ishlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega.

«O‘zbekfilm» ochiq hissadorlik jamiyati o‘zining filmlar ishlab chiqa-rish jarayonida asosan davlat buyurtmasiga tayanadi va uning filmlarni ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 91 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech