Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Direktor:
Utanov Baxrom Saparovich

Aloqali ma'lumotlar:

Tel.: +998 71 200 00 50
Email: kinopanorama@umail.uz
Manzil: Toshkent sh. A.Navoiy ko'chasi, 15-uy

Ссылка на сайт:


O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1958 yil 7 avgustdagi qaroriga ko‘ra, Toshkent shahri Oktyabr tumani Navoiy ko‘chasida 2000 o‘rinli “Panoramniy” kinoteatri uchun 2 gektar yer ajratilib, uning qurilishi boshlandi. Kinoteatr 1964 yil noyabrida qurib bitkazildi va ishga tushirildi hamda unga "San’at saroyi" deb nom berildi. 1976 yilda qo‘shimcha 600 o‘rinli kinokompleks qurib foydalanishga topshirildi.

San’at saroyi binosi 1978 yil 3 avgustda Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasining qarori bilan tarixiy madaniy yodgorliklar ro‘yxatiga kiritildi.

Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasining 1991 yil 20 iyundagi qaroriga asosan, San’at saroyiga ulug‘ mutafakkir, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, genial shoir Alisher Navoif nomi berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 12 iyuldagi qaroriga asosan, San’at saroyi “O‘zbekkino” davlat aksionerlik kompaniyasi tizimiga kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yilo 17 martdagi “O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori hamda “O‘zbekkino” Milliy agentligining 2004 yil 2 iyuldagi buyrug‘iga muvofiq, San’at saroyi Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyi deb atala boshladi va xo‘jalik hisobidagi davlat unitar korxonasiga aylantirildi.

Kino saroyi ilgari faqat 2 ta 2000 va 600 o‘rinlik katta va kichik zaldan iborat bo‘lgan bo‘lsa, o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash asosida faoliyat yuritayotgan keyingi yillarda jadal rivojlanib borib, bugungi kunda 11 ta kinozaldan iborat zamonaviy multipleks – kino kompleksiga aylandi. 1998 yili 72 o‘rinlik kinovideo zal, 2004 yili 500 o‘rinlik yozgi kinomaydoncha, 2006 yili 3 ta 150 o‘rinlik kinozal, 2007 yili 150 va 210 o‘rinlik kinozal, 2008 yili 2 ta 120 o‘rinlik kinozal barpo etilib, ishga tushirildi.


Файл
Yuklab olmoq
Hajmi: 183.59 KB
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech