Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Direktor
Nazirov Dilshod

Aloqali ma'lumotlar:

Tel.:+998 71 245-81-33
Email: kinofond@uzbekkino.uz
Manzil: Toshkent sh. O'zbekiston shox ko'chasi, 98-uy

Ссылка на сайт:


Kinochilar uyi Teatr va kino xodimlari uyi bazasida 1966 yil ochilgan va 1982 yili Toshkentda ochilgan kinofestival arafasida ishga tushirilgan.

900 o‘rinli bosh tomosha zali, yana 2 ta 230 va 50 o‘rinli kichik tomosha zali bor.

Bino me’morligida quyosh nuridan asraydigan konstruksiyalar va milliy me’moriy elementlardan foydalanilgan; bular bino loyihasi va shaklida o‘z aksini topgan.

Bosh zal ellips shaklida, 4 ustunga tayangan, chapdan ma’muriy bino, o‘ngdan esa klub bilan tutash.

Loyihalashda tashqi ko‘rinishi bilan ichki ko‘rinishi o‘zaro bog‘langan.

Bino milliy me’moriy qismlar, kichik me’moriy shakllar va favvoralar bilan uyg‘unlashtirilgan.

Bezagida G‘ozg‘on marmari, granit, ganch o‘ymakorligidan foydalanilgan.

Intereridagi B.Jalolov ishlagan devoriy rasmlarda o‘zbek kino san’ati rivoji aks ettirilgan.

Kinochilar uyida yangi filmlar ko‘rigi, yubileylar, tomoshabinlar bilan ijodiy uchrashuvlar va boshqalar o‘tkazib turiladi.

Kinochilar uyi «O‘zbekkino» Milliy agentligiga qaraydi.


Файл
Yuklab olmoq
Hajmi: 963.13 KB
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech