Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 fevral 2016 y. - 30 oktyabr 2016 y.

“O‘ZBEKKINO” MILLIY AGENTLIGI

tanlov e’lon qiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: 239-49-56, 245-81-21. 227-48-10

Manzilimiz: Toshkent shahri, “O‘zbekiston” shoh ko‘chasi-98. Ind.: 100027

Adabiy ssenariylar va kengaytirilgan sinopsislar Agentlikning tanlov@uzbekkino.uz elektron manzili orqali elektron shaklda ham yuborilishi mumkin.

2017 yil tematik ish rejasini shakllantirish maqsadida turli janrlar bo‘yicha badiiy, hujjatli va multiplikatsion filmlarga mo‘ljallangan adabiy ssenariylar loyihalari uchun tanlovning
NIZOMI

Turli janrlar bo‘yicha badiiy, hujjatli va multiplikatsion filmlarga mo‘ljallangan adabiy ssenariylar loyihalari uchun tanlov (bundan buyon - Tanlov) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 17 martdagi “O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 126-son Qaroriga binoan tuzilgan Badiiy kengashning Nizomi hamda mazkur Badiiy kengashning 2016 yil 4 avgustdagi yig‘ilishi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ya’ni eng yaxshi film ssenariy loyihasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 


I. TANLOV SHARTLARI
1.1. Tanlovga quyidagi yo‘nalishlarda yaratilgan ssenariylar qabul qilinadi:
- badiiy filmlar, multiplikatsion filmlar, hujjatli filmlar.
1.2. Tanlovga taqdim etilgan ssenariy loyihalarini ko‘rib chiqish va saralash chog‘ida ularda quyidagi mezonlar qay darajada aks ettirilganiga e’tibor qaratiladi:
- yurtimizda mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ijtimoiy-ma’rifiy jabhalarda ro‘y berayotgan ulug‘vor o‘zgarishlar;
- millatimizga xos ezgu fazilatlar, shuningdek, chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan qadriyatlarimiz ulug‘vorligi;
- yoshlarimizning har tomonlama barkamol bo‘lib ulg‘ayishlari, ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirishlari, vatanparvarlik va xalqparvarlik tushunchalarini, umumbashariy va milliy qadriyatlar mazmun-mohiyatini teran anglab yetishi uchun xizmat qiladigan ibratli hayotiy saboqlar;
- azaldan xalqimiz uchun muqaddas bo‘lmish oilaning hayotimiz tayanchi va suyanchi, jamiyatimizning hal qiluvchi asosiy bo‘g‘ini ekanligi;
- o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan keksalarni e’zozlash, ularning hurmatini joyiga qo‘yish singari ezgu qadriyatlar, shuningdek nuroniy otaxon va onaxonlarning ibratli hayoti aks ettirilgan bo‘lishi;
- ona Vatan va xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘ygan, adolat va ezgulikni mardona himoya qilayotgan, yovuzlik va xiyonatga murosasiz, e’tiqodi mustahkam, qat’iyatli va g‘ururi baland zamondoshlar obrazi o‘z ifodasini topishi lozim. 
Shuningdek, o‘zining ezgu fazilatlari bilan ko‘pchilikka ibrat bo‘layotgan zamondoshlarimiz siymosi aks ettirilgan hamda boy madaniy-tarixiy merosimiz, xalq og‘zaki ijodi (ertaklar, masallar, dostonlar, matallar) namunalari asosida yozilgan, shuningdek bolalar auditoriyasi uchun mo‘ljallangan ssenariy loyihalari ham tanlovga qabul qilinadi. 
1.3. Mualliflar yoki kinostudiyalar tomonidan tanlovga taqdim etiladigan ssenariy loyihalari quyidagi tartibda ro‘yxatga olinadi:
1) muallifning ismi-sharifi va u haqida qisqacha ma’lumot; 
2) filmning ishchi nomi;
3) formati va umumiy hajmi;
4) janri;
5) auditoriyasi; 
6) asosiy g‘oyasi ko‘rsatilgan shaklda to‘ldirilgan talabnoma taqdim etilganda.
Shuningdek, ssenariy loyihasida
a) qisqacha mazmuni (Qisqacha syujetda obrazlar, timsollar ham aks etgan bo‘lishi mumkin. Unda asosiy syujet liniyasi, asosiy personajlar va asosiy voqealar, kulminatsiyasi hamda yechimi aniq ko‘rsatilishi lozim.);
b) loyihalar o‘zbek tilida (istisno tariqasida rus tilida), adabiy til va imlo qoidalariga rioya qilingan holda yozilgan, kompyuterda A-4 formatda, 1,5 intervalda ko‘chirilgan bo‘lib, hajmi 4 SAHIFAdan oshmasligi kerak.

II. HAKAMLAR HAY’ATI
2.1. Mualliflar tomonidan tanlovga taqdim etilgan ssenariy loyihalarini ko‘rib chiqib, baholash va ularning eng sara namunalarini aniqlash bo‘yicha Badiiy kengash qoshidagi Ishchi organ shug‘ullanadi. Saralab olingan ssenariy loyihalari Agentlik Badiiy kengashi a’zolaridan iborat Hakamlar hay’ati e’tiboriga havola etiladi va Ishchi organ a’zolari mazkur Hay’atni tanlov haqida muntazam ravishda xabardor etib boradi. 
2.2. Agentlikka ssenariy loyihalari 2016 yilning 30 oktyabriga qadar taqdim etilishi lozim.
2.6. Hakamlar hay’ati taqdim etilgan ssenariylarlarni ushbu Nizomning 1.2-bandida belgilangan mezonlar asosida ko‘rib chiqib, 2016 yilning 20 dekabriga qadar yakuniy xulosa chiqaradi.
2.7. Hakamlar hay’ati 2017 yil uchun mo‘ljallangan ish rejasi uchun turli mavzularda ssenariy loyihalarini aniqlaydi.

III. MUKOFOTLASh TARTIBI
3.1. 2017 tematik ish rejasini shakllantirish maqsadida turli janrlar bo‘yicha badiiy, hujjatli va multiplikatsion filmlarga mo‘ljallangan adabiy ssenariylar loyihalari uchun tanlovda g‘olib deb topilgan ssenariy loyihasi asosida adabiy ssenariy yozish uchun muallifga buyurtma beriladi va “O‘zbekkino” Milliy agentligiga 2017 yilgi ishlab chiqarish hajmlari uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar evaziga film ishlab chiqarishga tavsiya etiladi. 
3.2. Filmlar ishlab chiqarish uchun belgilangan loyiha-smeta hujjatlarida adabiy ssenariy uchun belgilangan qalam haqi Tanlovda g‘olib deb topilgan ssenariy loyihasi muallif(lar)iga mukofot sifatida belgilanadi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech