Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Xalqaro uchrashuvlar

O‘zbekistonda tashkil etilgan xorijiy kino kunlari

Chet elda tashkil etilgan O‘zbekiston kinosi kunlari

O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan chet el kino kunlari

Yevropa mamlakatlari

4

3

1

2

Osiyo mamlakatlari

5

2

2

3

Jami

9

5

3

5


O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan chet el filmlari namoyishi

13-15 mart 2016 yil

Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda zamonaviy yapon filmlari kunlari o‘tkazildi. Tadbir davomida yapon kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan 6ta filmni 1500dan ortiq kishi tomosha qildi

May oyi 2016 yil
Toshkent, Samarqand

Germaniya elchixonasi bilan hamkorlikda «Shum bola-2016» bolalar festivali Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tdi, mazkur madaniy tadbir doirasida Germaniyada suratga olingan bir qator filmlar namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

22-31 may 2016 yil

O‘zbekistonda «Yevropa kinosi festivali» tashkil etildi, unda Yevropa mamlakatlari tomonidan suratga olingan va qator xalqaro tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan filmlar Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

28-3 iyul 2016 yil

Toshkent shahrida «Xitoy kinosi kunlari» bo‘lib o‘tdi. Mazkur madaniy tadbir doirasida Xitoy delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi. Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida tashkil etilgan namoyishlarda kino ixlosmandlari e’tiboriga olti film havola qilindi.


Chet elda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston filmlari namoyishi

2-7 may 2016yil

O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi (Seul shahri)da o‘zbek milliy kinosi kunlari doirasida 4ta film namoyish etildi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech