Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING "TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR)NING DAVLAT VA KORPORATIV XARIDLARINI AMALGA OShIRIShNING ZAMONAVIY ShAKL VA USLUBLARINI YaNADA JORIY ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi 2017 yil 23 avgustdagi PQ-3237-son qaroriga asosan "O‘zbekkino" Milliy agentligi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olishda quyidagi talablar asosida faoliyat ko‘rsatadi:

1 ming AQSh dollaridan kam bo‘lgan bitta kontrakt bo‘yicha — narxi, sifati va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish muddatlari bo‘yicha eng maqbul keladigan shartlarni taklif qilgan yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali. Bitta kontrakt bo‘yicha mablag‘ miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shartnoma tuzilgan sanadagi rasmiy kursi bo‘yicha hisoblanadi;

1 mingdan 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan bitta kontrakt bo‘yicha — buyurtmachi tuzadigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng maqbul takliflarni tanlab olish orqali. Bitta kontrakt bo‘yicha mablag‘ miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining eng yaxshi taklif kelib tushgan sanadagi rasmiy kursi bo‘yicha hisoblanadi;

100 ming AQSh dollaridan ortiq miqdordagi bitta kontrakt bo‘yicha — buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti, shuningdek buyurtmachining tarmoq ilmiy-texnik kengashlarining vakillarini albatta jalb etgan holda tuziladigan idoralararo tanlov (tender) komissiyalari tashkil etadigan tanlov (tender) savdolarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Mazkur xaridlar bo‘yicha texnik shartlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan bo‘lishi shart. Bitta kontrakt bo‘yicha mablag‘ miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining texnik shartlar tasdiqlangan sanadagi rasmiy kursi bo‘yicha hisoblanadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech