Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10 mart 2017 y. - 10 mart 2017 y.

Davlat buyurtmasiga asosan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan bugungi kunda butun jahonda dolzarb muammo bo‘lib turgan OITS va odam savdosiga qarshi kurashish mavzuida “Isnod” nomli to‘liq metrajli badiiy film ishlab chiqarildi.

Kinokartina drama janrida suratga olinib, unda telejurnalist Jamilaning sa’y-harakatlari natijasida sodda qizlarning aldanib, chet elllarga sotilib ketayotganligi fosh etiladi. Tomoshabin film qahramonlari taqdirini kuzatish orqali insoniylik, sadoqat va haqqoniylik kabi hissiyotlarni anglaydi.

Mazkur filmning keng jamoatchilik uchun premerasi joriy yilning 10-mart kuni soat 17:00da Respublika Kinochilar uyida va 18:00da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda o‘tkaziladi. Badiiy film 11-martdan e’tiboran yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech