Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03 noyabr 2017 y. - 03 noyabr 2017 y.

“O’zbekkino” Milliy agentligi, “San'at-ma'no” studiyasi rejissyor Aleksandr Gamirovning “OTA UY” nomli badiiy filmini taqdim etadi.  

Bosh roldaO'zbekiston xalq artisti Po’lat Saidqosimov.

Rollarda: Alisher Uzoqov, Bobur Yo’ldoshev, Uchqun Tillayev, Feruza Sobitova, Xayrulla Sa’diyev va Feruza Saidova.

Film mazmuni: Ota va farzandlar... Ularni tentiratgan chigal munosabatlar... Unutilayozgan mehr... Boy berilgan imkoniyatlar.. Butun umr huquq-tartibot organlarida xizmat qilib, iste’foga chiqqan Rahim ota o‘tgan hayotiga nazar tashlaydi. Yaqinlarini to‘plashga, yana avvalgidek bir oila bo‘lib yashashga harakat qiladi. Biroq, uning bu urinishlari samara bermaydi. Faqat bir tasodif tufayligina ular yana eski ota o‘yida birlashadilar.

Film ijodkorlariSsenariy muallifi – Jasur Isxoqov, sahnalashtiruvchi rejissyor – Aleksandr Gamirov, postanovkachi operator – Izatilla Lutfullayev, postanovkachi rassom – Akmal Saidov, bastakor – Doniyor Ag’zamov, rejissyor – Azim  Aymatov, ovoz operatori – Doniyor Ag’zamov, montaj ustasi – Xurshid Alixo’jayev, film direktori – Po’lat Saidqosimov.

 Film premyerasi: 

Sana va vaqti03.11.2017yil, soat 18:00

Manzil: Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyi.

Respublika bo’ylab namoyish sanasi: 04.11.2017 dan

Davomiyligi: 88 daqiqa.

 

 


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech