Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22 noyabr 2017 y. - 22 noyabr 2017 y.

2017 yil 22 noyabr kuni Samarqand shahridagi "Sharq yulduzi" kinoteatrida rejissyor Aleksandr Gamirovning "Ota uy" nomli badiiy filmi premyerasi o'tkaziladi. "O’zbekkino” Milliy agentligi, “San’at - ma’no” studiyasi tomonidan suratga olingan mazkur filmda bosh rolni Po’lat Saidqosimov va Alisher Uzoqov ijro etgan. 

Filmda bir umr huquq-tartibot organlarida xizmat qilib, iste’foga chiqqan Rahim otaning notekis kechgan hayotida ro'y bergan voqealar, farzandlar bilan o'zaro rishtalar aks etgan. 

Film ijodkorlari: Ssenariy muallifi – Jasur Isxoqov, sahnalashtiruvchi rejissyor – Aleksandr Gamirov, postanovkachi operator – Izatilla Lutfullayev, postanovkachi rassom – Akmal Saidov, bastakor – Doniyor Ag’zamov, rejissyor – Azim  Aymatov, ovoz operatori – Doniyor Ag’zamov, montaj ustasi – Xurshid Alixo’jayev, film direktori – Po’lat Saidqosimov.

PREMYERA

Manzil: Samarqand shahri, "Sharq yulduzi" kinoteatri

Sana: 22.11.2017 yil

Vaqti: 18:00

 


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech