Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
8 Feb 2019

 Barchamizga ma’lumki, keyingi yillarda o‘zbek kinoindustriyasida ijobiy ma’noda ulkan rivojlanishlar sezilmoqda.  O‘zbek kinolari ko‘plab jahon miqyosida o‘tkazilgan turli tadbirlarda yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘lmoqda.   Darhaqiqat,  o‘zbek kinoijodkorlarining jahon kinoijodkorlari bilan bunday hamkorligi turli janrlardagi filmlarning saviyasini oshishiga  xizmat qilmoqda. Kinematografiya sohasidagi aloqalarni  yanada kuchaytirish maqsadida 2019 yilning 7-9 fevral kunlari mamlakatimizga  Turkiya delegatsiyasi tashrifi ham fikrimizning isbotidir.

Joriy yilning 8 fevral kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligida   mamlakatimizga  tashrif  buyurgan Turkiya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Furkat Zakirov, boshqarma boshlig‘i Baxtiyor Norov,  xalqaro aloqalarni rivojlantirish xizmati bo‘limi boshlig‘i Umid Zunnunov, “Kinoxronika va hujjatli filmlar  kinostudiyasi” direktori va boshqalar ishtirok etishdi.   Tadbirdan ko‘zlangan maqsad,  o‘zbek va Turkiya kinosanoatidagi hamkorlikni kuchaytirish, kinematografiya sohasidagi aloqalarni  yanada rivojlantirish, buning asnosida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi millatlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashdir.  

Uchrashuvda Turkiya kinoijodkorlari vakillari bilan turli janrlardagi filmlar bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib borishga kelishib olindi. Eslatib o‘tamiz, mehmonlarimiz 9 fevral kuniga qadar O‘zbekistonning kinoijodkorlari bilan turli tadbirlarda ishtirok etishadi.

Manba: не указан
Просмотров: 240
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech