Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 Jan 2019

Xalqimizning azaliy udumlaridan  biri sanalgan hashar odamlar orasidagi mehr-oqibat, pokizalik va uyushqoqlik ramzidir. Bugungi kunda xayriya hasharlarini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish ananaga aylangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 yanvardagi 4I-F-sonli Farmoyishiga muvofiq 2019 yil 26 yanvar kuni  “O‘zbekkino” Milliy agentligi markaziy apparatida, bo‘lim va xizmatlar, tizimdagi korxona-tashkilotlarida umumxalq ekologik xayriya hashari o‘tkazildi.   

 Jumladan, Agentlikning markaziy apparatida o‘tkazilgan xayriya hasharida barcha rahbar-xodimlar, ishchi-xizmatchilar ishtirok etishdi. Ular hududdagi daraxtlarga shakl berishdi va oqlashdi, begona o‘tlar, ariq va zovurlardagi chiqindilardan tozalashdi, yo‘laklarni ozoda holga keltirishdi. O‘z ish joyini obodonlashtirish uchun hissa qo‘shganligidan barcha xodimlar mamnun bo’ldilar. Xayriya tadbiri ko‘tarinki ruhda zavqli o‘tdi.

 

Manba: не указан
Просмотров: 96
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech