Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 Jan 2019

            “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov va bir guruh delegatsiya a’zolari Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketishdi.  Delegatsiya a’zolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi PQ-3880 sonli “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan 2019 yil 28-31 yanvar kunlari Rossiya Federatsiyasi S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rahbariyati bilan kelajakdagi hamkorliklar borasida muzokaralar o‘tkazishadi. 

           29 yanvar kuni Butunrossiya davlat kinematografiya instituti vakillari bilan kelajakdagi hamkorliklar yuzasidan uchrashuv va muzokaralar boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov, Rossiya Federatsiyasi Prezident administratsiyasi vakili Yuliya Yakusheva, RF Madaniyat vazirligi vakili Margarita Bukrinskaya, RF Ta’lim va fan vazirligi vakili Svetlana Moskalyova, O‘zR elchixonasi madaniyat bo‘limi vakili Damir Mamatqulov, O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti rektori Ibrohim Yo‘ldoshev, O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti kafedra mudiri Iqboljon Meliqo‘ziev, Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektori Vladimir Malishev, Butunrossiya davlat kinematografiya instituti birinchi prorektori Irina Zernova,  Butunrossiya davlat kinematografiya instituti prorektorlari va  O‘zbekistonlik delegatsiyasi aʼzolari ishtirok etishdi. Qarordan kelib chiqqan holda boʻlib oʻtgan tadbirda madaniyat va sanʼat, xususan kino sohasida malakali kadrlarni tayyorlash va bu borada Rossiya bilan hamkorlik qilish masalasi muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz,  ushbu masala yuzasidan Rossiya delegatsiyasi 2018 yil noyabr oyida tashrif buyurishgan edi.

Manba: не указан
Просмотров: 333
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech