Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
1 Mar 2018
Joriy yilning 28 fevral kuni “O'zbekkino” MAda Chexiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Y.Siro, uning o'rinbosari M.Pospishilova hamda Slovakiya Respublikasining O'zbekistondagi diplomatik missiyasi rahbari o'rinbosari P.Urban bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Uchrashuvda asosiy e'tibor kinematografiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi. “O'zbekkino” MAning Chexiya va Slovakiyaning yetakchi kinokompaniyalari bilan qo'shma kinomahsulotlar tayyorlash bo'yicha hamkorlik qilishga tayyorligi qayd etildi. 

O'z navbatida janob Y.Siro joriy 2018 yilda Chexiya va Slovakiyada Chexoslovakiya davlati tashkil topganligining 100 yilligi hamda O'zbekiston Respublikasining Chexiya va Slovakiya Respublikalari bilan diplomatik aloqalar o'rnatganiga 25 yil to'lishi nishonlanishini ta'kidladi. 

Shu munosabat bilan O'zbekistonda shu yilning kuz oylarida Chexoslovakiya kinosining festivalini o'tkazish ko'zda tutilgan. Uchrashuvda kinofestivalni tashkil etish va o'tkazishga doir tartib-qoidalar ko'rib chiqildi va ushbu masala yuzasidan muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech