Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
8 Feb 2018
Joriy yilning 6 fevral kuni “O'zbekkino” Milliy agentligi qoshidagi Badiiy kengash a'zolarining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilish kun tartibidan jami 7 ta masala o'rin oldi. 

Bular: 
1. Rejissyor Hilol Nasimovning “Yovqurlar” nomli badiiy filmi rejissyorlik stsenariysi muhokamasi – film senariyi ma'qullandi; 
2. Mualliflar Madina Mo'minova va Rustam Sa'diyevlarning “Baron-2” nomli ikki qismli badiiy filmga mo'ljallangan adabiy senariy loyihasi taqdimoti - film ishlab chiqarishga tushirildi; 
3. Muallif Jasur Isxoqovning rus tilidagi “Pod nebom edinim” (Под небом едыним) nomli ikki qismli hujjatli filmga mo'ljallab yozilgan senariysi muhokamasi – film ishlab chiqarishga tushirildi; 
4. Rejissyor G'iyos Shermuhammedovning “Navoiy anjumani” nomli hujjatli filmi rejissyorlik senariysi muhokamasi – film ishlab chiqarishga tushirildi; 
5. Muallif B.Madiyarovning “Mo'ynoq – do'stlik o'lkasi” nomli ikki qismli hujjatli filmga mo'ljallab yozilgan adabiy senariysi muhokamasi –film ishlab chiqarishga tushirildi; 
6. Muallif Olimjon Davlatovning “Navoiy vorislari” nomli hujjatli film sinopsisi muhokamasi – filmni ishlab chiqarish uchun tayyorgarlik ko'rishga ruxsat berildi; 
7. Muallif S.Rustamning “Kenja botir - 2” nomli multfilmga mo'ljallab yozilgan adabiy senariyining qayta ishlangan varianti muhokamasi – film ishlab chiqarishga tushirildi. 

photo_2018-02-07_09-21-42.jpg photo_2018-02-07_09-20-49.jpg

Badiiy kengash a'zolari ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Jumladan “Baron-2” filmi loyihasiga taniqli chet ellik kinoaktyorlarning jalb etilayotgani, filmning o'zini esa bir qator xorijiy mamlakatlar hududida tasvirga olish ko'zda tutilayotgani e'tirof etilib, ijodiy guruhga senariydagi ayrim juz'iy kamchiliklar yuzasidan ko'rsatmalar berildi. Rejissyor Rustam Sa'diyev mazkur loyiha ilk “Baron” filmi kabi tomoshabinlar ko'nglidan joy olishiga va xalqaro miqyosda ham nom qozona olishiga umid bildirdi. Ma'lumotlarga ko'ra, mazkur loyiha uchun Buyuk Britaniya, Ispaniya, Rossiya, Turkiya, Ozarboyjon, Suriya, Qozog'iston va Tojikiston kabi davlatlardan aktyorlar taklif etilishi rejalashtirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech