Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Feb 2018
“O'zbekkino” Milliy agentligi hamda O'zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan o'zbek milliy kinematografiyasining durdona asarlarini bugungi yosh avlod tomoshabinlari uchun qayta taqdim etish, o'zbek kinosining shonli tarixi, uning zabardast namoyondalari hayoti va mehnat faoliyati bilan tanishtirish maqsadida bir necha loyihalar yo'lga qo'yilmoqda. 

Joriy yilning 13 fevral kuni soat 14:00da Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatrida professor Hamidulla Akbarovning “Tohir va Zuhra” hamda “Alisher Navoiy” badiiy filmlariga bag'ishlangan qomusiy kitoblarining taqdimoti o'tkaziladi. Tadbirda ushbu filmlarda rollar ijro etgan afsonaviy aktyorlarning oila a'zolari ham ishtirok etadi. O'zbek milliy kinosining muxlislarini ushbu tadbirga taklif etamiz.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech