Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Feb 2018

      “O’zbekkino” Milliy agentligida Yaponiyaning “Loaded Films Co.Ltd” kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Avval ma’lum qilinganidek, ushbu kompaniya ijodkorlari o’zbek-yapon qo’shma badiiy filmini suratga olish tashabbusini bildirgan. Shu munosabat bilan  yaponiyalik taniqli kinorejissyor Kiyoshi Kurasava boshchiligida ikki bor yurtimizga tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari mazkur kinoloyihani amalga oshirishi bo’yicha dastlabki muzokaralarni olib borishgan edi.

     Tomonlarning bu galgi uchrashuvida asosan film senariysi, tasvirga olish obyektlari, texnik ta’minot kabi masalalar muhokama etildi. “O’zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Furqat Zokirov film senariysi Badiiy kengash a’zolari tomonidan o’rganib chiqilishi va shundan song yakuniy hulosa taqdim etilishini ma’lum qildi. 

jpn3-5.jpg

– O’zbekistonda bugun qariyb barcha sohalarda katta islohotlar olib borilmoqda, yangidan-yangi imkoniyatlar ochilmoqda, qulayliklar yaratilmoqda. Mehnatkash o’zbek xalqining mehmondo’stlik, g’amxo’rlik, ochiqko’ngillik, halollik, bir-biriga hurmat-ehtirom ko’rsatish kabi hislatlari esa necha-necha zamonlar osha o’z qadri va qiymatini yo’qotmay kelmoqda. Mazkur loyiha har ikki xalqning milliy manfaatlari talablariga javob beradigan yetuk kinoasar bo’lishini juda hohlaymiz, deydi Furqat Zokirov. 

    Yaponiyaliklar bildirilgan ishonch va dastak uchun “O’zbekkino” Milliy agentligiga minnatdorlik bildirdilar va mahalliy mutaxassislarning senariy yuzasidan beradigan ko’rsatmalari albatta inobatga olinishini ma’lum qildilar.

jpn1.jpg

       O’zbekiston Respublikasi va Yaponiya o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganiga 25 yil hamda qurilishida yaponiyaliklar ishtirok etgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatri binosi qad rostlaganiga 70 yil to’lishi munosabati bilan yaratilayotgan mazkur kinoloyihaning suratga olish ishlari 2018 yilning bahor oylariga mo’ljallangan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech