Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 Jan 2016

Hozirgi kunda butun dunyoda jiddiy muammoga aylangan giyohvandlik va narkobiznesga qarshi olib borilayotgan kurash haqida hayotiy misollar asosida hikoya qilingan «Baron» nomli to‘liq metrajli badiiy film «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga muvofiq «Davr-Premyer» kinostudiyasida rejissyor Rustam Sa’diyev tomonidan suratga olindi.

Mazkur filmning ommaviy axborot vositalari hamda madaniyat va san’at namoyandalari uchun yopiq premerasi joriy yilning 15-yanvar kuni soat 14:00da Alisher Navoiy nomli kino saroyi kichik zalida, keng jamoatchilik uchun taqdimoti esa 16-yanvar kuni soat 18:00da Alisher Navoiy nomli kino saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Film taqdimotini yoritishni istagan OAV vakillarini agentlik matbuot xizmati bilan bog‘lanishlarini so‘raymiz.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda davlat buyurtmasi asosida «Oyqiz ertagi» (Akbar Bekturdiyev), «So‘nggi pushaymon» (Nozim Jumayev), «Zurriyod» (Abduxalil Mignorov), «Ma’suma» (Yolqin To‘ychiyev), «Kuzning bir kuni» (Zulfiqor Musoqov), «Toliqqan ko‘ngillar oyga talpinar» (Sobir Nazarmuhamedov) filmlarini suratga olish ishlari davom etmoqda

Просмотров: 2650
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech