Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Jun 2017

“O‘zbekkino” Milliy agentligi qoshida tashkil topgan Kinoaktyor teatr-studiyasida yozuvchi Shahodat Isaxonovaning “Turon Malikasi” asari asosida rejissyor Sayfiddin Meliyev tomonidan “Bibixonim” nomli spektakl sahnalashtirildi.

Bosh rollarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova, kinoaktrisalar Feruza Sobitova, Feruza Saidova hamda Respublika Satira teatrining bir qator aktyorlari turli xarakterdagi rollarni gavdalantirishdi.

Spektaklning yopiq muhokamasida yozuvchi Dilbar Saidova, adabiyotshunoslar Shuhrat Rizayev, Rahmon Qo‘chqorov, Ibrohim G‘ofurov, san’atshunos Dilbar Mahmudova kabi taniqli ijodkorlar ishtirok etib, spektaklni yanada takomillashtirish yuzasidan o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berishdi.

“Bibixonim” spektakli joriy yilning avgust oyidan keng namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.

Premera haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Manba: Axborot xizmati
Просмотров: 330
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech