Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 Feb 2019

Hazrat Navoiyning boy madaniy merosi nafaqat O‘zbekistonda, balki qardosh turkiy xalqlar ijodkorlari tomonidan ham yoritilib kelinmoqda.  Turkiyalik rejissyor Husayin O‘zden tomonidan suratga olingan “Dunyo adabiyotining chinori” nomli hujjatli film  ham shular jumlasidandir.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 8 fevral kuni soat  18:00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda mazkur hujjatli filmning   taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Filmda turkiy adabiyotning ulug‘ chinori, dunyo shoiri Alisher Navoiyning hayoti va ijodi turk va o‘zbek Navoiyshunos olimlari tomonidan keng tarannum etiladi.

 Odatda har bir shoirning bitta devoni bo‘ladi. Alisher Navoiyning to‘rt devoni bor: Bolalik, Yoshlik, Balog‘at va Keksalik devoni. Alisher Navoiy tazkiralarida yuzlab shoir, adib bor. Bulardan 170 tachasi turkiydir. Ilk bora 170 turkiyzabon adiblarining hayotini tushuntirgan Alisher Navoiy bo‘ldi.  Bugunga qadar Navoiyning asarlari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilindi, teatr va opera, multfilьmlarga mavzu bo‘ldi.   Navoiy haqida bir necha hujjatli va telefilmlar suratga olindi.  Atoqli o‘zbek adibi Oybek Navoiy hayotiga doir roman yozdi. Oybekning “Navoiy” romani asosida Komil Yormatov film suratga oldi.

Bundan tashqari O‘zbekistonda 1963 yili Navoiy nomidagi yangi bir shahar barpo etildi. Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli Davlat muzeyi va Qo‘lyozmalar institutida Alisher Navoiy, Zamaxshariy, Yusuf  Xos Hojib, Ahmad Yassaviy kabi allomalarning asarlari saqlanmoqda.

      

Manba: не указан
Просмотров: 278
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech