Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
1 Mar 2018
"O'zbekkino" MA Badiiy kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi va unda kun tartibidagi bir qator masalalar ko'rib chiqildi. Jumladan, rejissyor Abduvohid G'aniyev tomonidan suratga olinishi rejalashtirilgan "Elparvar" kartinasining rejissyorlik ishi taqdimoti o'tkazildi va ishlab chiqarishga tushirildi.

Ushbu film o'spirin yigitchaning buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi va boshqa jusur yurtdoshlarimiz jasoratlaridan ogoh bo'lib, vatanparvarlik tuyg'ularining uyg'onishi haqida hikoya qiladi. Filmga Nozim To'laxo'jaev, Ubaydulla Omon, Yoqub Ahmedov, Yodgor Sa'diev, Doniyor Xo'jaev, Bunyod Rahmatullaev, Yigitali Mamajonov, Feruza Yusupova kabi aktyorlar jalb etilishi mo'ljallangan. 

Shuningdek, rejissyor Akbal Bekturdiyevning “Osmon og'ushi” badiiy filmiga tanlangan aktyorlarning video ko'rigi bo'lib o'tdi va kastingni davom ettirish tavsiya etildi. 

Mualliflar N.Abbosxon, A.Yo'ldoshevlar “Ibrat” to'liq metrajli filmga mo'ljallab yozilgan adabiy senariy taqdimotini o'tkazdi va film ishlab chiqarishga tushirildi. 

Bundan tashqari, rejissyor N.Abbasovning “Said va Saida” badiiy filmi rejissyorlik senariysi hamda muallif M.Yusupovning “Urushning so'nggi qurboni” qisqa metrajli film uchun mo'ljallab yozilgan adabiy senariysi ham ko'rib chiqilib qabul qilindi. 

Muallif E.Abbosovning “O'zbek ovozsiz kinosi tarixidan” nomli hujjatli filmga mo'ljallab yozilgan sinopsisi qaytarildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech