Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
17 Mar 2017

“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori A.Musayev Gruziyaning mamlakatimizdagi elchisi janob K.Jgenti bilan uchrashdi.

Unda 2017-yilda kinematografiya sohasida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi. Joriy yilning may oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Gruzin zamonaviy kinosi kunlari” tadbirini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga oid bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda hamkorlikdagi tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash va yanada rivojlantirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Manba: Axborot xizmati
Просмотров: 112
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech