Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 Nov 2017
14 noyabr kuni O‘zbekiston kino arboblar ijodiy uyushmasi a’zosi, taniqli kompozitor, ovoz rejissyori Vladimir Valentinovich Baramikov uzoq vaqt xastalikdan so‘ng 68 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. 
Mohir musiqachi, kompozitor, ovoz rejissyori, prodyuser Vladimir Valentinovich Baramikov 1949 yil 3 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. “SADO” va "NAVO" ansambllari asoschisi. Vladimir Baramikov 150 dan ziyod hujjatli va badiiy filmlar uchun yozilgan original musiqa va qo‘shiqlar muallifi. “O‘zbekkino” Milliy agentligi va Kino arboblar uyushmasi Vladimir Baramikovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Manba: не указан
Просмотров: 88
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech