Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 Jan 2018

"O'zbekkino" Milliy  agentligi buyurtmasiga asosan, zaminimizning yana bir buyuk siymolaridan biri - Imom Iso at Termiziy haqida hikoya qiluvchi filmni suratga olishga qizg'in hozirlik ko'rilmoqda! 


termiziy-6.jpg


Shu kunlarda rejissyor Abduxalil Mingnorov tomonidan aktyor va aktrisalar guruhi sinovdan o'tkazilmoqda. Film ijodkorlarining yakuniy tarkibi esa 2 fevral kuni bo'lib o'tadigan Badiiy kengashning navbatdagi yig'ilishidan so'ng ma'lum bo'ladi. 


termiziy2.jpg termiziy5.jpg

Kuni kecha "Dunyo bo'ylab" telekanali ijodkorlari tasvirga olish maydoniga tashrif buyurib, jarayonni bevosita, jonli kuzatdilar. Joriy yilning 3 fevral, shanba kuni, soat 19:05 da ushbu telekanal orqali efirga uzatiladigan "Tafsilot" ko'rsatuvi orqali film haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin. 


Film ssenariysi muhaddis olim - Abu Iso at-Termiziyning hayoti, faoliyati bilan bog'liq voqealar, va uning ustozi Imom Buxoriy bilan o'tkazgan mashg'ulotlari haqidagi hikoyalar asosida yozilgan. Loyihani amalga oshirishda Shayx Abdulaziz Mansur ham o'zining qimmatli maslaxatlari va korsatmalari bilan ishtirok etmoqda. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech