Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 Dec 2018

      2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga asoslanib, xalqimiz, avvalo, yoshlar ongiga milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat tuygʻularini singdirishda katta taʼsir kuchiga ega boʻlgan kino sanʼatining rolini oshirish, “Oʻzbekkino” Milliy agentligining faoliyatini takomillashtirish borasida bir qator islohotlar oʻtkazildi.

   Agentlik tomonidan davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilayotgan filmlar sifati, dolzarbligi, xilma - xilligini oshirishga katta eʼtibor qaratilgan boʻlib, yil davomida tarixiy, harbiy vatanparvarlik, zamonamiz qahramonlari hayoti va oddiy inson taqdiri ifodalangan kartinalarni tomoshabinlar ixtiyoriga havola etib kelmoqda.

     Iqtidorli rejissyor Umid Hamdamovning “Issiq non” badiiy filmi “Oʻzbekkino” Milliy agentligining kino ixlosmandlariga yana bir sovgʻasi deb bemalol aytishimiz mumkin.

Anʼanaga koʻra joriy yilning 18 dekabr kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “Issiq non” nomli badiiy filmning taqdimot marosimi oʻtkazildi.

         Mazkur filmda qaysar, choʻrtkesar va shu bilan birga alamzada qizaloq sizga ota-onasiz oʻsayotgan bolalarning haqiqiy qiyofasini ochib beradi. Dardu alamiga sherik qiladi.

Maʼlumot oʻrnida.

Ssenariy muallifi va

postanovkachi rejissyor:     Umid Hamdamov

Postanovkachi operator:      Jahongir Ibragimov

Postanovkachi rassom:        Alisher Umrzoqov

Asosiy rollarni Munavvara Abdullayeva, debyutant aktrisa Zarina Ergashova, aktrisa Feruza Sayidova va koʻplab aktyor-aktrisalar ijro etishgan.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi, “Oʻzbekfilm” DUK tomonidan suratga olingan. Namoyish muddati- 87 minut

Manba: не указан
Просмотров: 466
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech