Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 Jun 2017

Kuni kecha “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev Italiya va Fransiyaning mamlakatimizdagi elchilari Andrea Bertotssi va Violen De Vilmor bilan uchrashdi.

Unda 2017-2019-yillarda kinematografiya sohasida hamkorlikka oid yangi loyihalar muhokama qilindi. Joriy yilning oktyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Italiya kinosi kunlari”ni yuqori saviyada tashkil etish bilan bog‘liq bir qator masalalar kelishib olindi.

Shu bilan birga, Fransiyaning Kann shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro kinofestival doirasidagi tadbirlarda O‘zbekiston tomonining ishtirokiga doir takliflar bildirildi.

O‘tkazilgan uchrashuvlarda hamkorlikdagi tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash va yanada rivojlantirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Manba: Axborot xizmati
Просмотров: 305
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech