Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 Sep 2018

Oʻzbekkino” Milliy agentligining 2018 yil 11 sentyabrdagi 210a-sonli buyrugʻiga asosan Respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan kinoprokat tizimini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Unga koʻra:

kinoprokat tizimidagi barcha kinoteatrlarni milliy va xorijiy filmlar bilan taʼminlash markazlashgan holda Respublika kinoprokat markazi tomonidan amalga oshiriladi;

“Respublika kinofondi” davlat unitar korxonasining saqlovida boʻlgan, davlat buyurtmasi boʻyicha ishlab chiqarilgan filmlar nusxasi Respublika kinoprokat markazining buyurtmasiga asosan kinoprokat tizimidagi kinoteatrlarda namoyish qilish uchun berib boriladi;

kinoprokat tizimiga kiruvchi barcha kinoteatrlarda filmlar namoyishini tashkil etish xususiy kino ishlab chiqaruvchilar (studiyalar) va distribyuterlar bilan tuziladigan shartnomalar asosida Respublika kinoprokat markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Kinoprokat tizimiga kiruvchi Agentlik tizimidagi kinoteatrlarda Respublika kinoprokat markazi bilan prokat shartnomalari tuzilmagan 
va repertuar rejaga kiritilmagan filmlar namoyishini amalga oshirish mumkin emas.

Shuningdek, ushbu buyruqqa asosan kinoprokat tizimidagi “Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyi”ga (Toshkent shahri) va “Sharq yulduzi kinoteatri”ga (Samarqand shahri), “Alisher Navoiy nomli kinoteatri” (Fargʻona shahri) qarashli boʻlgan kinoafisha stendlari yagona repertuar siyosati yuritilishini taʼminlash uchun operativ boshqaruv asosida Respublika kinoprokat markazi ixtiyoriga oʻtkaziladi;

“Respublika kinoprokat markazi” bir oy muddatda barcha kinoafisha stendlarini zamonaviy elektron stendlarga bosqichma-bosqich almashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiraladi;

Shu bilan birga, tizimda shaffoflikni taʼminlash maqsadida kinoteatrlar optik tolali aloqa liniyasi orqali kinoprokat elektron tarmogʻiga ulanadi va ularda elektron kino chiptalarni yuritish avtomatlashtirilgan tizimi joriy qilinadi.

Manba: не указан
Просмотров: 144
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech