Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
7 Dec 2017

Shu kunlarda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan joylarda huquqiy-ma'naviy tadbirlar bo'lib o'tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Guliston shahrida ham tashkil etildi. 


“O'zbekkino” Milliy agentligi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Sirdaryo viloyati bo'limi hamkorligida o'tkazilgan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirda Guliston shahridagi MFY faollari hamda harbiy qismlar ofitser serjantlari va ularning oila a'zolari ishtirok etdi. 


Tadbirda Kinoarboblar ijodiy uyushmasi a'zolari – O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, aktyor Egamberdi Rahimov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Rixsivoy Aliyev va kinoaktrisa Gulnora Tolipovalar ishtirok etdi. 


Unda so'z olganlar yurtimizda huquqiy-demokratik jamiyat qurish yo'lida olib borilayotgan islohotlar, Konstitutsiyaning ustuvorligi, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish borasidagi sai-harakatlar haqida fikr-mulohaza yuritdilar. Xususan, bunda yurtimiz ziyolilarining tutgan o'rni, ijodkorlarga berilayotgan keng imkoniyatlar va yaratilayotgan sharoitlar aloihad e'tiborga molik ekanligi ta'kidlandi. 


Tadbir ishtirokchilari o'z navbatida o'zlarini qiziqtirgan savollarga ham javoblar oldilar. Huddi shunday tadbir, Respublika tez tibbiy yordam markazining Sirdaryo viloyati bo'limida ham o'tkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech