Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
8 May 2018
“O‘zbekkino” Milliy agentligi “Dono Productions” kinostudiyasi bilan hamkorlikda o‘zbek kinosining durdonalaridan biri – “Maftuningman” musiqali komediyasining bugungi talqini, “Maftun bo‘ldim” filmini tasvirga olish ishlarini taniqli rejissyor Abduvohid G‘aniyev ishtirokida yakunladi.
Mazkur loyiha Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda turizmni rivojlantirish maqsadlariga to‘la mos ravishda, xususan, go‘zal va maftunkor O‘zbekiston jamolini dunyoga yorqin ranglarda taqdim etish, Vatanimiz haqida xorijliklarning tasavvurini yangilash, bu orqali chet ellik sayyohlarni yurtimizga chorlash maqsadida amalga oshirildi. Mazkur filmda chet ellik mehmonni respublikamizning taniqli shahar va qishloqlari bilan tanishtirish jarayonida go‘zal va maftunkor yurtimiz tarannum etiladi. Uning diqqatga sazovor go‘shalari, milliy kuy-qo‘shiqlari filmning markazidan joy olgan.
Manba: "O'zbekkino" MA matbuot xizmati
Просмотров: 105
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech