Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
7 Jun 2018
Ssenariy mualliflari Azizxon Qayumov, G‘iyosiddin Shermuhammad va Postanovkachi rejissyor G‘iyos Shermuhamedov boshchiligida “Navoiy anjumani” xujjatli filmi suratga olinmoqda. Film jahon adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri, hayoti faoliyati va ijodiyotini insoniyat baxtu -saodati, ilm - ma’rifat, xalqning osoyishtaligiga, adabiyot va san’at taraqqiyotiga bag‘ishlagan o‘zbek klassik adabiyotini yangi taraqqiyot pog‘onasiga ko‘targan beqiyos so‘z san’atkori Amir Nizomiddin Alisher Navoi hazratlari haqidadir. Filmda uning boshidan kechirgan chuqur psixologik kechinmalari, ilk she’riy mashqlari, talabalik yillari, Husayn Boyqaro bilan do‘stligi, qalbida bir umr ardoqlab kelgan sevgisi, jamiyat tinchligi, farovonligi yo‘lida qilgan ishlari tasvirlanadi. Unga bo‘lgan izzatu - e’tibor bugungi kungacha davom etib, so‘nmay kelayotgani tabiiy. Vatanimizning har bir go‘shasida unga bag‘ishlangan obidalar, kutubxona, madaniy tadbirlar Navoiy hazratlari qoldirgan buyuk meros haligacha o‘rganilayotganining o‘z isbotini ushbu filmda aks etadi.
Manba: "O'zbekkino" MA matbuot xizmati
Просмотров: 181
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech