Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Feb 2019

      “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida yaratilgan “Elparvar”, “Sabot”, “Sarvqomat dilbarim” va “Issiq non” kabi badiiy filmlar xorijlik kinosanoat vakillariga taqdimot qilinib, ularni sotish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda. Filmlarimiz g‘oyaviy va badiiy jihatdan xorijiy mutaxassislarni qiziqtirdi. Ayniqsa, O‘zbekistonning tabiati, madaniy obidalari aks etgan manzaralar, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz bilan bog‘liq lavhalar kinoprodyusserlarni alohida e’tiborini tortdi. Hamkorlikda filmlar yaratish bo‘yicha hamda o‘zaro filmlar almashib, xalqaro hududlarda namoyish qilish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi. Yuqorida zikr etilgan filmlarimiz umuminsoniy qarashlarni ifoda etgani uchun ham xorijlik mutaxassislarning qiziqishiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga muzokaralar natijasida mazkur filmlarni texnik tomondan jahon standartlari talablari asosida tayyorlagan holda ularga etkazib berish, shuningdek, kelgusida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bizning kinoijodkorlarimizga bir qancha mamlakatlarning festivallariga qatnashish uchun takliflar kelib tushdi.                                      @uzbekkinopres

Manba: не указан
Просмотров: 201
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech