Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Feb 2019

O‘zbekiston delegatsiyasi 7-15 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan butunjahon kinosanoati vakillari uchun eng yirik tadbirlardan biri bo‘lgan Evropa kinobozorida birinchi marta o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishadi. Mazkur yirik kinematografiya biznesi maydonchasi “Berlinale”, ya’ni Berlin xalqaro kinofestivali doirasida tashkillashtiriladi.

O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi hamda Evropa kinobozori o‘rtasida erishilgan kelishuvga ko‘ra bu yil kinomarketning yuzlab stendlari orasida O‘zbekiston milliy pavilioni ham bo‘ladi. Unda mamlakatimizning tajribali va yosh kinomutaxassislaridan iborat delegatsiya qatnashib, xorijiy kinokompaniyalar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazishadi.

Delegatlar jahon kinosanoati vakillari bilan O‘zbekiston ishtirokida qo‘shma kinoloyihalar qilish (koprodakshn) hamda chet el kinokompaniyalarini yurtimizga filьmlar suratga olish uchun taklif qilish yuzasidan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni maqsad qilishgan.

Mutaxassislar kinoturizm yo‘nalishini rivojlantirish mamlakatga sayyohlar oqimini ko‘payishga yordam berishiga ishonmoqda.   

Ushbu pavilionni tashkillashtirishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi yaqindan ko‘maklashdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy kinokommissiyasi 2018 yilda O‘zbekiston Prezidentining milliy kinoindustriyani rivojlantirishga doir qaroriga muvofiq tashkil etilgan edi.

Manba: не указан
Просмотров: 308
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech