Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 Jan 2019

      Joriy yilning 21 yanvar kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, O’zbekистон respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov va bir guruh O‘zbekistonlik delegatsiya a’zolari Turkiya davlatiga jo‘nab ketdilar. Ijodiy safardan ko‘zlangan maqsad, Turkiyaning “Tekdenfilm va Buzdagfilm” ijodkorlari bilan hamkorlikda Jaloliddin Manguberdi hayotiga oid film tasvirga tushiriladigan tarixiy joylarni o‘rganish, suratga olish maydonlarini ko‘zdan kechirish va ushbu filmning tashkiliy masalalari haqida  o‘zaro kelishib olishdir.  Bundan tashqari tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qiladilar. 

Manba: не указан
Просмотров: 191
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech