Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 May 2018
Joriy yilning 25 may kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda O‘zbekistondagi Yevropa ittifoqi delegatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekistonda VI Yevropa kinosi festivali” ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegatsiyasi rahbari, elchi Eduards Stiprays va turli mamlakatlarning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchilari, ommaviy axborot vositalari vakillari, kinoijodkorlar va mehmonlar ishtirok etdilar. Festival Shveysariya kinoijodkorlari tomonidan 2010 yilda ishlab chiqarilgan musiqali komediya janridagi rejissyor ANNA LUIFning “Telbalarcha oshiq” (“Sumasshedshiy v lyubvi”) filmi bilan ochildi. O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan beri jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi yangi Strategiyasining ishlab chiqilishi doirasida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari va ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishdan iborat. 
Festivalning ochilish marosimida "O‘zbekkino" Milliy agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Rizayev Shuhratilla Tursunovich, O‘zbekiston va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi an’anaviy madaniy hamkorlik faol rivojlanayotganini alohida ta’kidladi. Ushbu tadbir Yevropa va Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilayotir. O‘zbekiston bilan Yevropa davlatlari xalqlarini umuminsoniy qadriyatlar asosida yanada yaqinlashtirish, muxlis va mutaxassislarni "Ko‘hna qit’a" Yevropa kinematografiyasi rivoji tendensiyalari bilan tanishtirish festivalning asosiy vazifalaridir.
“O‘zbekistonda VI Yevropa kinosi festivali”da Shveysariya, Vengriya, Sloveniya, Chexiya, Latviya, Germaniya, Rumыniya, Finlyandiya, Fransiya, Belgiya davlatlari kinoijodkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan 12 ta film taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Yevropa kinosi festivali oltinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Festival 25-31 may kunlari Toshkent shahrida, 28-31 sentyabr kunlari Shaxrisabz shahrida, 12-14 oktyabr kunlari Farg‘ona shahrida davom etadi. 
Manba: "O'zbekkino" MA matbuot xizmati
Просмотров: 216
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech