Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 Dec 2018

         Qiziqchi va aktyor Obid Asomov 1963 yil 22 oktyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida tavallud topgan. 1993 yilda “Obid-A” teatrini tashkil qilgan. Oʻzbekiston va xorijda mashhur qiziqchi, isteʼdodli aktyor sifatida tanilgan.

      “Kulol va xurmacha”, “Alpomish”, “Dev va pakana”, “Tohir va Zuhra (zamonaviy talqin)” kabi filmlarda suratga tushgan. 2000 yillar oxiridan boshlab rossiyalik taniqli yumorist Yevgeniy Petrosyanning taklifiga koʻra, “Krivoye zerkalo” teleshousida qatnashdi.

    Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Obid Asomov 2018 yilning 24 may kuni   “Multiplikatsion filmlar studiyasi“ DUK direktorligiga tayinlangan edi.

      “Oʻzbekkino” Milliy agentligi va Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzolari respublikamizdagi barcha kino muxlislari nomidan marhumning oila aʼzolariga chuqur taʼziya bildiradi.

Manba: не указан
Просмотров: 311
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech