Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 Oct 2017

“O’zbekkino” Milliy agentligi yosh kinoijodkorlarning malakasini oshirish maqsadida “mahorat maktabi” loyihasini yo’lga qo’yadi. “Mahorat maktabi”da kino san’atining turli yo’nalishlari bo’yicha professional kino ustalari ishtirokida mahorat darslari tashkil qilinadi.

“Mahorat maktabi” dars soatlarida o’rta-maxsus va oily ta’lim muassasalarinig kino san’ati yo’nalishlarida (ijodiy, texnik) ta’lim olayotgan yoki shu sohada yangi ijod boshlagan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. “Mahorat maktabi”ning ilk spikeri taniqli kinorejissyor va aktyor Rashid Malikov bo’ladi. Dars mavzusi - “Kinorejissura asoslari”.

Tinglovchilar soni chegaralangan. Arizalar dushanbadan-jumaga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha 245-34-66 telefon raqami yoki info@uzbekkino.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Manba: не указан
Просмотров: 42
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech