Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 Aug 2018

Rossiyaning Volokolamsk shahrida boshlangan xalqaro harbiy-vatanparvarlik filmlari festivali 27-avgust kuni yakunlandi.

Festivalda Oʻzbekistonlik rejissyor Rashid Malikovning “Sabot” filmi toʻliq metrajli filmlar orasida bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.

Mazkur kartina bir qator xorijiy kinofestivallarga taqdim etilgan boʻlib, shu yilning 19-26 aprel kunlari Rossiya poytaxtida boʻlib oʻtadigan 40-Moskva Xalqaro Kinofestivalining asosiy dasturidan oʻrin olgan edi.


Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning dekabr oyida Toshkentda ushbu filmning premyerasi boʻlib oʻtgan edi. Filmda afgʻon urushida qatnashgan zobit – Saydulla hayotining soʻnggi kunlari aks ettirilgan. Voqealar urushdan keyin sodir boʻlganiga qaramay, Saydullaning bot-bot oʻtmish xotiralariga berilishi sababli, retro sahnalar asosiy voqealarga parallel tarzda rivojlanadi. Saydulla kamgap, tund odam. U urush fojialarini koʻrgan insonlarning tipik vakili. Urushdan qaytgach ichkilikka berilgan, oqibatda ayolidan ayrilgan va shu tufayli yolgʻiz oʻgʻli bilan munosabatlarida jiddiy muammolar yuzaga kelgan. Bedavo dardga chalinganini bilgach, oʻzining burchi deb bilgan ishlarni tezroq bitirishga shoshilgan qahramon, asosiy maqsadi – urushdagi quroldosh doʻstining oʻlimiga sababchi boʻlgan nomardni topib, yoʻq qilishga qaror qiladi...

 

Senariy muallifi va postanovkachi rejissyor – Rashid Malikov, sahnalashtiruvchi tasvirchi – Bahodir Yoʻldoshev, sahnalashtiruvchi rassom – Doniyor Abdurahmonov, bastakor – Dmitriy Yanov-Yanovskiy. Filmda bosh rollarni Karim Mirhodiyev, Nigora KarimboyevaSeydulla Moldaxonov, Begzod Hamroyev va Zulhumor Moʻminovalar ijro etishgan.

Manba: не указан
Просмотров: 112
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech