Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
27 Dec 2018

                                                                           “Oʻzbekkino” Milliy agentligi

          Kirib kelayotgan Yangi yil arafasida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi: 2 oyda - 10 ta premyera” loyihasi doirasida 2018 yilda Agentlik buyurtmasi asosida suratga olingan toʻliq metrajli badiiy filmlarning ommaviy axborot vositalari xodimlari va mutaxassislar uchun premyeralari davom etmoqda.

        Haftalik doirasida, 24-dekabr kuni Akbar Bekturdiyevning “Tinchlik ortida” badiiy filmi, 25-dekabr kuni Axmadjon Unarboyevning “Odamlar orasida” badiiy filmi, 26-dekabr kuni Ilhom Megemetibragimovning “Parvoz” badiiy filmlari namoyish etildi.

        Bugun 27-dekabr kuni Abduvohid Gʻaniyevning “Elparvar” badiiy filmi, 28-dekabr kuni Nozim Abbosovning “Said bilan Saida” badiiy filmi, 29-dekabr kuni Doniyor Shokirovning “Shashmaqom” badiiy-publitsistik filmi namoyish etish rejalashtirilgan

      Agentlik, mavzuga befarq boʻlmagan barcha OAV xodimlari,teleradio, internet jurnalistlarini hamda mustaqil bloggerlarni ushbu anjumanda ishtirok etishga taklif qiladi. Namoyishi oʻtkaziladigan badiiy filmning ijodkorlari shu kuni jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga yuzma-yuz javob berishadi.

      “Oʻzbekkino” MA matbuot xizmati. www.uzbekkino.uz, @uzbekkinopres

Manba: не указан
Просмотров: 306
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech