Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Sep 2018

Oʻzbekkino” Milliy agentligi tasarrufidagi “Multiplikatsion filmlar studiyasi” Davlat unitar korxonasi Postanovkachi rejissyor va Postanovkachi rassom Aziz Muhamedovning“Gʻildirakli uy” nomli multiplikatsion filmini taqdim etadi. Ushbu multfilm voqealari oʻzi oʻrganib qolgan hayot tarzini oʻzgartirmoqchi boʻlgan odamning boshidan kechirgan sarguzashtlari haqida hikoya qiladi: Dehqonning uyi eski va oddiy edi. Dehqon otasidan qolgan bu uyni buzishni istamas, ertadan kechgacha dalada ishlab, boʻsh vaqtlarida uy yonidagi keksa chinor ostidagi soʻrida choy ichib oʻtirgancha oʻtgan-ketgan yoʻlovchilar bilan gaplashishni xush koʻrardi. Kunlarning birida ot mingan badavlat hamqishlogʻi yoʻldan oʻtayotib unga shunday debdi: -Qoʻshni, qachongacha eski choldevorda yashaysiz? Yangi uy qurib olsangiz boʻlmaydimi? Qarang, hamma yangi uyda yashayapti! Yangi joylar hademay band boʻlib qolmasidan otingizni qamchilamaysizmi?!

Shundan keyin dehqonning hayotida koʻz koʻrib, quloq eshitmagan voqealar roʻy bera boshlaydi...

Oʻylaymizki, film qahramoni tushib qolgan kulgili va achinarli holat kichik tomoshabinlarimiz uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻladi.

Multiplikatsion film taqdimoti joriy yilning 15 sentyabr kuni soat 15:00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: не указан
Просмотров: 120
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech