Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
20 Jul 2018

Filmda biz sevgan, ardoqlagan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning hayoti va ijodi haqida hikoya qilinadi.

“Alvido, bolalik!”, “So‘nggi o‘q”, “Murdalar gapirmaydilar”, “Charxpalak”, “Talvasa”, “Shaytanat”, “Ov”, “Umidlar dashti”, “Iblis devori” kabi bir biridan qiziqarli, insonni vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi, turli jinoyatlar jarayonini qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini bayon qiluvchi, jamiyatni jinoyatchilarsiz ravnaq topishini orzu qiladigan asarlar muallifi Tohir Malikdir.

Tohir Malik xalqqa yaqin bo‘lganining yana bir siri u – hazil-mutoyibani xush ko‘radi. Bir qator hajviy asarlari, kulgilari bilan o‘quvchilarga zavq-shavq ulashadi. Adibning, ayniqsa bolalarga mehri o‘zgacha. Shu boismi, uning asarlarida bolalarcha beg‘uborlik, bag‘rikenglik, samimiyatni ham ilg‘ash mumkin. Filmda Tohir Malikning ana shu  xislatlari ochib berilgan.

Film premyerasi:

Sana va vaqti: 30.07.2018 yil, soat 18:00

Manzil: Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyi.

Davomiyligi: 26 daqiqa.

Manba: не указан
Просмотров: 591
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech