Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
15 Dec 2018

     “Issiq non” badiiy filmida Zulfiya ismli oʻspirin qiz haqida hikoya qilinadi. Uning onasi roʻzgʻor tashvishida shaharda ishlashga majbur. Zulfiya qishloqda buvisining qaramogʻida yashaydi. Atrofida yuz berayotgan adolatsizliklar-u yolgʻonlar uning yosh qalbida isyon uygʻotadi va ularga qarshi kurashib, onasining yonida boʻlishni va xorijga ishlagani ketgan togʻasini topishni oʻzi oldiga maqsad qilib qoʻyadi.

    Joriy yilning 15 dekabr kuni soat 11.00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “Issiq non” nomli badiiy filmning faqat ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun taqdimoti va namoyishidan soʻng matbuot anjumani oʻtkazildi. Film OAV mutaxassislariga katta qiziqish uygʻotdi. Matbuot anjumani savol javoblar shaklida oʻtkazildi.

  “Issiq non” badiiy filmining katta taqdimoti 18 dekabr kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda boʻlib oʻtadi

Manba: не указан
Просмотров: 283
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech